Vashingtonda politsiya namoyishchilarni haydamoqda

  • Amerika Ovozi

Vashingtonda politsiya namoyishchilarni haydamoqda

AQSh poytaxti Vashingtonda politsiya norozilik namoyishiga chiqqan odamlarga istirohat bog'larini bo'shatishni buyurgan. Bosh tortganlar hibsga olinishi aytilgan.

Odamlar iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikka qarshi namoyish qilar ekan, oktabr oyidan beri Oq uy ro'parasidagi ikki bog'ni egallab olgan. Politsiya ularga 31-yanvargacha vaqt bergan edi, ammo muhlat o'tib ham keskin choralar ko'rilgani yo'q.

Biroq Kaliforniyaning Oklend shahrida namoyishga chiqqanlardan 400 nafari hibsga olingan.

Jon Zangas ismli mana bu odam to'rt oydan beri palatkada yashamoqda.

"Qonun bu yerni bo'shatishimizni talab qilsa, bo'ysunishga majburman. Qoidaga ko'ra, palatkalar ochiq bo'lishi kerak ekan va unda tunash mumkin emas ekan", - deydi Zangas.

Dezire Deloch va boshqalar Oklenddagiday tartibsizliklar bo'lmaydi, demoqda.

"Namoyishimiz tinch. Hamma har ehtimolga qarshi narsalarini bir joyga to'plab qo'ygan. Ammo ayrimlari bu yerdan ketmoqchi emas", - deydi u.

Odamlar namoyish qilishga haqlimiz, demoqda.

"Palatkalarimizni buzib tashlashsa ham, harakat to'xtamaydi", - deydi Jonni Mandreachchiya.

http://www.youtube.com/embed/9sd5DCYDFHg?rel=0