Kerri: Qatar "Islomiy davlat" ga qarshi koalitsiyaning muhim a'zosi

  • Amerika Ovozi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Qatar Iroq va Suriyada "Islomiy davlat"ga qarshi kurashayotgan AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaning muhim a'zosi.

Kerri bugun Vashingtonda Qatar Tashqi ishlar vaziri Xolid al-Attiya bilan uchrashdi. Unga ko'ra, Qatar Yaqin Sharqda terrorga qarshi tashabbuslarda faol ishtirok etmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Amerikaning 400 dan ziyod askari Qatar, Turkiya va Saudiya Arabistonida suriyalik isyonchilarni tayyorgarlikdan o'tkazadi. Mashqlar mart oyida boshlanadi.