Obama: Rossiya Boston fojeasini tergov qilishda astoydil yordam berayapti

  • Amerika Ovozi

Checheniston, Grozniy.

Prezident Barak Obamaning aytishicha, Boston marafonidagi fojeadan beri Rossiya tergovda AQSh bilan yaqindan ishlayapti.

Hujumlar chechen aka-uka tomonidan sodir etilgani da’vo qilinadi.

Rossiya rahbariyati nafaqat Boston voqeasi, balki terrorizmga qarshi barcha amaliyotlarda hamkorlikka tayyor ekanini namoyish etdi, dedi Obama kecha Oq uydagi matbuot anjumanida.

Sovuq urushdan qolgan shubha-gumon bor hali ham, lekin aloqalar yaxshilanayapti, deydi prezident.

Dushanba kuni Barak Obama va Vladimir Putin xavfsizlik bo’yicha hamkorlik, 2014-yilda Sochidagi Qishki Olimpiya o’yinlari tinch o’tishini ta’minlash haqida telefonda gaplashib olgan.