Putin: Snouden AQShga ekstraditsiya qilinmaydi

  • Amerika Ovozi
Rossiya prezident Vladimir Putinning aytishicha, AQShda hukumatning maxfiy dasturini ommaga oshkor qilgan Edvard Snouden Moskvadagi tranzit hududda.

U Amerikaga ekstraditsiya qilinmaydi, dedi Putin.

Amerika razvedkasi fuqarolar kimga telefon qilgani va qaysi saytlarga kirganini kuzatayotgani haqida matbuotni ogoh qilgan kompyuterchi kuni-kecha Gonkongdan Moskvaga uchgani xabar qilingan edi.

Davlat kotibi Jon Kerri kecha Rossiyadan Snoudenni ektraditsiya qilishni talab qilib, aks holda oqibati yomon bo’ladi, degan edi.

Oq uy, shuningdek, bu shaxs Xitoyning avtonom hududi Gonkongda birmuncha vaqt yashirinib, so’ng bemalol chiqib keta olganidan norozi bo’lib Pekinga shikoyat qilmoqda.

Pekin-Vashington aloqalariga ziyon qilishi aniq bu, deydi Amerika rasmiylari.