Pentagon Janubiy Koreyaga qo'shimcha askar jo’natadi

  • Amerika Ovozi

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri kecha Vashingtonda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Yun Byun Seni qabul qilishi ketidan shu haqda e’lon qilindi.

Pentagon Janubiy Koreyaga qo’shimcha 800 askar, jangovar tanklar va boshqa harbiy aslaha jo’natmoqchi. Vashington shu tariqa Shimoliy Koreya tahdidining oldini olish niyatida, deydi rasmiylar.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri kecha Vashingtonda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Yun Byun Seni qabul qilishi ketidan shu haqda e’lon qilindi.

“Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa tahdidiga qarshi AQSh va Janubiy Koreya birga chora ko’rish qarorida qat’iy. Xalqaro hamjamiyat ham bizni qo’llab-quvvatlaydi”, - deydi Kerri.

Texasdagi birinchi batalyon fevral boshida Koreya yarim oroliga yo’l oladi. Tahlilchi Sedrik Litonning “Amerika Ovozi”ga bildirishicha, bu bo’linma avval Afg’oniston va Iroqda xizmat qilgan.

Bu qaror AQShning Osiy-Tinch okeani mintaqasiga harbiy va iqtisodiy e’tiborni oshirish siyosati doirasida amalga oshayotgani aytiladi.

Ekspertlar nazarida Qo’shma Shtatlar bu bilan mintaqada Xitoyning oshib borayotgan ta’siriga javob qilmoqchi.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerika-Shimoliy Koreya/US North Korea