Bag'dodiyning o'lgani DNK analizi orqali aniqlandi

  • Amerika Ovozi

Bag'dodiyga qarshi amaliyotda qatnashgan it

AQSh Prezidenti Donald Tramp “Twitter”dagi sahifasida “Islomiy davlat” jangari to’dasining rahbari Abu Bakr Bag’dodiyga qarshi amaliyotda ishtirok etgan itning suratini qo’ydi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 29-oktabr, 2019-yil

Trampning aytishicha, Bag’dodiy tunnelga yashirinib olganida kuchuk uning iziga tushgan. Qopqonga tushganini anglagan terrorchi o’zini portlatib, yonidagi uch bolani ham nobud qilgan.

Suriyaning Idlib viloyatidagi Barisha qishlog’ida amalga oshirilgan reyd paytida muhim hujjatlar qo’lga kiritilgan.

AQSh havo hujumidan oldin Bag’dodiy shu yerda yashiringan edi. AQSh askarlari uning qoldiqlarini suvga oqizishdan oldin DNK analiz o’tkazib, mayitning Bag’dodiyga qarashli ekanini aniqlashgan.

AQSh Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari general Mark Millining aytishicha, reyd paytida ikki odam hibsga olingan.

Rasmiylarning umid qilishicha, bu ikki asir va qo’lga kiritilgan ko’plab ma’lumotlar “Islomiy davlat”ga qarshi yanada samaraliroq kurashishga yordam beradi.

Prezident Tramp AQSh harbiylari Suriya shimoli-sharqidagi neft konlarini qo’riqlayotganini aytdi. Mudofaa vaziri Mark Esper Rossiya va Suriya qo’shinlari ham konlarga yaqinlatilmasligini aytdi.

“Kurd jangchilari qamoqxonalardagi jangarilarni qo’riqlashda davom etishi uchun, qurollanishi uchun, “Islomiy davlat”ga qarshi missiyada bizga yordam berishi uchun bu resurslardan foydalana bilishi kerak”, - dedi Esper.

Bir necha kun oldin Tramp Suriyadan qo’shinlar chiqarilgani haqida ma’lum qilgan edi, biroq Pentagon rasmiylariga ko’ra, ularga bu ishda yordam berish uchun va ta’minlash uchun mamlakatga boshqa harbiy qism safarbar etilgan.

“Qo’shinlar oldingidan kamroq bo’ladi, qolganlari vatanga qaytib ketadi”, - dedi mudofaa vaziri.