Maxfiy dasturni tugatishga oid qonun loyihasi Senatda ovozdan o'tmadi

  • Amerika Ovozi

Amerikada aholining telefon suhbatlarini maxfiy ravishda yozib olishni tugatishga qaratilgan qonun loyihasi Senatda ovozdan o'tmadi. Milliy xavfsizlik agentligi bu dasturni bir necha yildan buyon yuritib keladi.

O'tgan hafta Vakillar Palatasida ko'pchilik ovoz bilan ma'qullangan bu hujjatga ayrim tuzatishlar kiritish ko'zda tutilgan.

Masalan, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi bundan buyon fuqarolarning telefon suhbatlarini yoppasiga yozib olishga haqli emas. Bu ma'lumotlarni faqatgina maxsus sudning ijozati bilan xususiy kompaniyalardan olishi mumkin.

Bu o'zgartirishlar kiritilgan qonun loyihasini Kongressdagi aksariyat demokrat va respublikachilar qatorida Prezident Barak Obama ham yoqlab chiqqan.

Maxfiy programmani xavfsizlik boshqarmasida ishlagan kompyuterchi Edvard Snouden 2013-yilda fosh qilgan edi. Fuqaro erkinliklari uchun kurashuvchi tashkilotlar uni keskin tanqidga olib keladi.

"AQSh Ozodlik qonuni" deya atalmish dasturning ayrim bandlari 1-iyundan so'ng amal qilishdan to'xtaydi. Senatorlar bu muddatga qadar loyihani muhokama qilib, yana ovozga qo'yamiz, deyishmoqda.