Amerikalik al-Qoidaga yordam bermoqchi bo'lganini tan oldi

  • Amerika Ovozi

Pokiston-Afg'oniston chegarasi

AQSh rasmiylarining aytishicha, kaliforniyalik fuqaro Pokistonda al-Qoida bilan bog’lanib, hamkorlik qilishga uringanini tan olgan.

Sin Vin Ngo Nguyen mintaqaga safar qilmoqchi, u yerda jangarilarga qurol-aslahadan foydalanishni o’rgatmoqchi bo’lgan.

O’zini Hasan Abu Umar Gannum deya tanitgan bu shaxs 15 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Hukm kelasi yilning martida o’qiladi.

Nguyen o’zini al-Qoida vakili deb tanishtirgan AQSh maxfiy xizmati xodimi bilan aloqada turgan. Va 11-oktabr kuni AQShni tark etishi oldidan qo’lga olingan.

Uning yonidan soxta passport, quroldan foydalanishga doir ma’lumot jamlangan xard-drayv topilgan.