AQShda sigareta qutilarida chekish zarari tasvirlanadi

AQShda sigareta qutilarida chekish zarari tasvirlanadi

Qo'shma Shtatlarda tamakiga qarshi kurash avjga chiqar ekan, kelasi yil oktabridan yangi qoida kuchga kiradi. Unga ko'ra, barcha sigareta qutilarida chekish zararini tasvirlovchi suratlar tushirilishi kerak.

Bu suratlarda chirigan tishlar, zararlangan o'pka va rak kasalligidan o'layotgan bemor tasvirlanadi. Sigareta reklamasining beshdan bir qismi chekish zarari haqidagi ogohlantirishlardan iborat bo'lishi zarur, deyiladi AQSh Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasi bayonotida.

2009-yilda qabul qilingan qonunda federal hukumatga tamaki mahsulotlarini nazorat etish huquqi berilgan. So'nggi yillarda kashandalar soni Amerikada keskin kamaygan. Hozirda ular aholining 20 foizini tashkil etadi.