Turkiya "Islomiy davlat"ga qarshi havo hujumlarida qatnashadi

  • Amerika Ovozi

Turkiya "Islomiy davlat" guruhiga qarshi koalitsiyaga qo'shilishga va qo'shma havo hujumlarida ishtirok etishga rozi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi e'lon qildi.

Vashington va Anqara o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, Turkiya samolyotlari kelasi bir necha kun ichida "Islomiy davlat"ga qarshi hujumga o'tadi.

AQSh bitimni olqishlamoqda. Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk so'zlariga ko'ra, Turkiya xalqaro koalitsiya operasiyalariga qo'shilgani anchadan buyon kutilgan muhim o'zgarish. Operatsiyaning logistk jihatlari bo'yicha ham kelishib oldik, deydi u.

O'tgan oy Anqara Iroq va Suriyada o'rnashib olgan "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi kurashda xalqaro koalitsiyaga Injirlik havo bazasidan foydalanishga ruxsat bergan edi.

"Turkiya bilan hamkorlikni yanada kengaytirish haqida gaplashyapmiz", - deydi Pentagon vakili.

Tomonlar muhokama qilayotgan asosiy mavzulardan biri - chegara xavfsizligi. Turkiyadan Iroq va Suriyaga xorijiy jangarilar va qurol-aslaha oqimi haligacha to'xtagani yo'q.