Davlat departamenti: Amerikaliklarga O'zbekistonga borish xavfli

  • Amerika Ovozi

Davlat departamenti: Amerikaliklarga O'zbekistonga borish xavfli

AQSh Davlat departamentining ogohlantirishicha, fuqarolar uchun hozir O'zbekistonga safar qilish xavfli.

Tashqi ishlar vazirligi chet davlatlardagi vaziyatni o'rganib, xavf darajasi haqida bunday e'lonlar berib turadi.

Vashington nazarida O'zbekistonda terror xurujlari yuz berish ehtimoli so'nmagan va amerikaliklarga u yerga borish tavsiya qilinmaydi.

O'zbekiston Islomiy Harakati singari terror guruhlari tinchlikka tahdid solib keladi va ularning hali ham faol ekani haqida ishonchli ma'lumotlar bor, deyiladi bayonotda.

Davlat departamenti: Amerikaliklarga O'zbekistonga borish xavfli

O'zbekistonda yashayotgan yoki ayni damda u yerga sayohat qilayotgan amerikaliklar gavjum joylardan uzoqda yurishi maslahat beriladi.

Shuningdek, e'londa Afg'oniston bilan chegaradosh hududlar, Farg'ona vodiysida Tojikiston va Qirg'izistonga yaqin ayrim maskanlar ham xavfli ekani aytiladi.

Oxirgi marta AQSh Davlat departamenti bu haqda 2010 yilning iyul oyida ogohlantirgan edi.