Qo'shma Shtatlar BMT rahbarini ikkinchi muddatga saylashga tayyor

  • Amerika Ovozi

Pan Gi Mun, BMT Bosh kotibi

Prezident Barak Obama BMT Bosh kotibi Pan Gi Munni ikkinchi muddatga saylanishida qo'llab-quvvatlaymiz, demoqda. Obamaning aytishicha, bosh kotib tashkilotda muhim islohotlarni amalga oshirdi.

"BMT jahondagi ko'plab mojaroli masalalarni hal etishda salmoqli rol o'ynab keldi", - deydi AQSh rahbari.

66 yoshli Pan Gi Mun bu lavozimga 2007-yil boshida saylangan edi. Ikkinchi muddatga yagona nomzod. Xavfsizlik Kengashi ham uni qo'llab-quvvatlashi kutilmoqda. Bosh kotibning birinchi muddati shu yil oxirida nihoyasiga yetadi.