Moskva sudi Ustinovni 3,5 yil qamoq jazosiga mahkum etdi

  • Amerika Ovozi

Moskva sudi rossiyalik aktyor Pavel Ustinovni namoyish paytida Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazganlikda aybdor topib, uch yarim yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 17-sentabr, 2019-yil

3-avgustdagi namoyish Moskva merligi ruxsatisiz o’tgan. Prokurorning aytishicha, Ustinov unda haqoratli shiorlar aytgan, hibsga olinishi paytida gvardiyachilardan birining yelkasini chiqarib qo’ygan.

Ustinov ayblovlarni va, umuman, namoyishda qatnashganini inkor etmoqda. Aktyorning aytishicha, u Pushkin maydonida do’stini kutib turgan bo’lgan. Ustinovning gaplarini tasdiqlovchi video taqdim etilganiga qaramay, uning ishini ko’rgan sudya bu dalilni hamda ayblanuvchining aybsiz ekanini tasdiqlagan guvohlar ko’rsatmalarini inobatga olishdan bosh tortdi.

Uning advokati Dmitriy Cheshkov sud hukmi ustidan shikoyat qilishini bildirdi. Unga ko’ra, jarohat olgani aytilayotgan gvardiyachining og’riqdan talvasaga tushmagani videoda yaqqol ko’rinib turibdi.

Namoyish Moskva shahar dumasiga saylov kampaniyasi paytida saylovda qatnashish huquqidan mahrum bo’lgan muxolif nomzodlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan edi.