O'zbekiston aviatsiyasi Kanadadagi o'zbek advokati nazarida

Rahmad Sobirov Kanadada yashayotgan o'zbekistonliklardan. Torontoda oilasi bilan 12 yildan beri yashaydi. Rahmad Sobirov hozirda oilasi bilan ochgan advokatlik firmasini boshqaradi.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: Kanadadagi o'zbek advokati

U aviatsiya huquqi bo'yicha mutaxassis. Shuningdek, korporativ huquq, tijorat huquqi va imigratsiya masalalarida mahalliy aholi va o’zbekistonliklar bilan ishlaydi.

Rahmad Sobirov konsultant sifatida Kanadaning nufuzli Bombardir samolyotsozlik va temiryo'l kompaniyasi bilan ham hamkorlik qiladi.

U bilan o'tkazgan suhbatimizda O'zbekiston aviatsiyasi va turizmini rivojlantirish, qolaversa, Kanadada o'qish, ishlash, yashash, immigratsiya qilish va vatandoshlar hayotiga oid bir qator mavzularda gaplashdik.