“Sardoba tiklanganda ham xavfli inshoot bo’lib qoladi”

Sardoba fojiasi achchiq saboq bo’lganini ta’kidlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev ko’p amaldorlar xizmati bilan xayrlashishga majbur bo’lishini aytdi.

Prezidentning bu iqrori aymoqlar, mahalliychilik, korrupsiya salmoqli o’rin tutgan o’zbek hokimiyati, hukumatda, umuman, kadrlar siyosatida jiddiy islohotlar o’tkazish qaroridek tuyulmoqda. Har holda bu haqda so’zlagan Prezident Mirziyoyev samimiy, ishonchli ko’rindi.

Sardoba loyihasi mutaxassisligiga ko’ra irrigator bo’lgan Shavkat Mirziyoyev hali bosh vazir bo’lgan davrda tasdiqlangani inobatga olinsa, fojiadan chiqarilgan achchiq saboq ishorasi shubhasizdek.

Bu saboq ortidan prezident yana korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash, ko’plab amaldorlardan, tanish-bilishchilikdan voz kechish haqida gapirmoqda.

Mirziyoyevning bu bayonotlari qanchalik ishonchli? O’zbekistondagi hozirgi siyosiy vaziyatda korrupsiyaga qarshi kurash imkonlimi? Nega Sardoba yuzasidan surishtiruv Davlat Xavfsizlik Xizmati (DXX) vakolatiga o’tdi? Jamoatchilik bu tergov yuzasidan ochiqlikka umid qilsa bo’ladimi?

“Amerika Ovozi” bu mavzuni O’zbekiston siyosiy maydoni bilan tanish, Oliy Majlisning sobiq deputati, Mirziyoyevni bilvosita tanigan muxolifatchi Nasrullo Sayyid bilan muhokama qildi. Tomosha qiling:

Your browser doesn’t support HTML5

Sardoba fojiasi: Korrupsiya, oshkoralik va suv ombori kelajagi