Vashington choyxonasi: O'zbekistonda islohotlar qanday kechyapti?

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

O'zbekistonda Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi bilan faol islohotlarni boshlab yubordi. U tanqid qilmagan soha deyarli qolmadi. Ko'plab qonun va farmonlar qabul qilindi, ko'plab kadrlar yangilandi.

O'tgan bir yil davomida nimalar o'zgardi-yu, yana nimalar hanuz o'zgarishsiz qolmoqda? Davlat rahbarining bir yillik faoliyati natijalari qanday? Islohotlar to'g'ri yo'ldan ketyaptimi? Prezident olg'a surgan islohotlar rejasi haqqoniy amalga oshishi uchun yana nimalar qilish kerak?

O'zbekistonlik yosh mutaxassis, Brandeys universiteti tadqiqotchisi Rafael Sattarov bilan shu mavzularda suhbat qurdik. U bilan bir yil avval gaplashganimizda islohotlarning amalga oshishiga ancha shubha bilan qarashini aytgan edi. Bir yildan so'ng uning qarashlarida o'zgarish bormi?

Quyida suhbatni tomosha qilsangiz, shu savollarning javobini topasiz.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: O'zbekistondagi islohotlar tahlili