AQShda Fazliddin Qurbonovning sudi boshlandi, musulmon jamoalar e'tiborda

  • Amerika Ovozi

Qurbonov 2013-yilda O'zbekiston islomiy harakatini qo'llab-quvvatlash, vatani O'zbekistonda xurujlar sodir etiga ko'maklashish gumoni bilan qo'lga tushgan edi.

AQShda o'zbek muhojiri Fazliddin Qurbonovning sudi boshlanar ekan, u yashab ishlagan Aydaxo shtati, Boyse shahri rasmiylari musulmon jamoalar, qochqinlar, faollar va huquq-tartibot idoralariga murojaat qilmoqda.

Shtat prokurori Vendi Olson Qurbonov Amerikaga qochqin bo'lib kelganini aytar ekan, muhojir jamoalarni mamlakat xavfsizligi, barqarorligi yo'lida birlashishga undadi.

Qurbonovning sudi boshlangan bir paytda Olson, xususan, musulmonlar va qochqinlarni har qanday g'azab, nafrat va hujumdan himoya qilishga va'da bermoqda.

Alohida shaxslar sodir etgan noqonuniy harakatlar jamiyatni muhojirlarni e'tiqodi, qayerdan ekani, ko'rinishi uchun jazolashga yoki tahqirlashga undamasligi kerak, dedi prokuror.

Qurbonov 2013-yilda O'zbekiston islomiy harakatini qo'llab-quvvatlash, vatani O'zbekistonda xurujlar sodir etiga ko'maklashish gumoni bilan qo'lga tushgan edi. Qo'shma Shtatlar O'zbekiston islomiy harakatini terrorchi tashkilotlar ro'yxatiga kiritgan.

Qurbonovning faoliyati bir yarim yil davomida kuzatib borilgan. U, jumladan, portlovchi moslamalar yashashni o'rganib, boshqalarga ham o'rgatgan. Jamoat joylari, transportlarda portlashlar sodir etish yo'llarini o'rgangan.