Venesuela muxolifati parlament saylovlarini boykot qildi

  • Amerika Ovozi

Venesuela muxolifati yakshanba kuni o’tgan parlament saylovlarini boykot qildi. Saylovchilarning atigi 30 foizi qatnashgan poygada Prezident Nikolas Maduroning hukmron Sotsialistik partiyasi g’olib bo’ldi. Saylov natijasiga ko’ra, partiya Milliy kengashdagi o’rinlarning 67 foizidan ko’pini qo’lga kiritgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 7-dekabr, 2020-yil

“Muxolifatni ekstremizm yo’lidan qaytib, AQShda Donald Trampning mag’lubiyatidan foydalanishga, aralashuv siyosatidan voz kechishga chaqiraman. Jo Bayden hukumatidan Venesuelaga qo’yilgan barcha sanksiyalarni olib, milliy muloqot mexanizmiga qaytishga da’vat etaman”, - dedi Maduro.

Muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoga ko’ra, saylovda ko’plab qonunbuzarliklar qayd etilgan.

“Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi. Aksariyat venesuelaliklar Maduro va uning nayranglariga “yo’q” deb javob berdi. Maduro va uning rejimi umumxalq saylovida mag’lub bo’ldi. O’zgarishlar tarafdorlari mamlakatda ko’pchilikni tashkil etadi”, - dedi Guaydo.

2015-yilda o’tgan parlament saylovlarida muxolifat g’alaba qozongan edi. Biroq Maduro qonunchilik organini sud orqali vakolatlaridan ayirib, 2017-yilda Milliy konstitutsion majlis tuzilishi haqida e’lon qilgan.

Shundan keyin Venesuelada ommaviy namoyishlar boshlanib, Xuan Guaydo o’zini muvaqqat prezident deb e’lon qilgan. 50 dan ortiq mamlakat, jumladan AQSh Guaydoni qonuniy rahbar deb tan oladi, biroq Rossiya, AQSh va qolgan mamlakatlar Madurodan yuz o’girgani yo’q.