Amerika urush faxriylarini yodga olmoqda

  • Amerika Ovozi

Amerika urush faxriylarini sharaflamoqda

11-noyabr - AQShda Faxriylar kuni. Mamlakat qurolli kuchlari safida xizmat qilganlar, urushlarda jang qilib, jonini fido qilganlar xotirlanadigan kun.

1918-yilning 11-noyabrida sulh imzolanishi natijasida Birinchi jahon urushiga yakun yasaldi. O’shandan beri urushda ishtirok etgan aksariyat mamlakatlarda bu kun bayram bo’lib qolgan.

Birinchi jahon urushidan so’ng dunyo har 10 yilda bitta yirik mojaroga guvoh bo’ldi. Aksariyatida amerikalik harbiylar qatnashib, ittifoqchi davlatlar askarlari bilan yonma-yon jang qilgan, jon bergan.

Bu kun nafaqat Amerika va uning xalqi, balki ittifoqchi mamlakatlar xavfsizligi uchun kurashgan insonlar xotirlanadi.

Barcha qit’alarda bo’lgan urushlarda o’zini qurbon qilgan ayollar va erkaklar ulug’lanadi.

“Ularni hayotga qaytara olmaymiz. Ularga qarzimizni uza olmaymiz. Ammo ularni hamisha yodda tutishimiz kerak. Bugun aynan shunday qilyapmiz – ularni xotirlayapmiz”, - dedi Prezident Donald Tramp.

Amerika Birinchi jahon urushida 116 516, Ikkinchi jahon urushida 405 399, Koreya urushida 36 516, Vyetnam urushida 58 209, afg'on urushida 2356, Iroq urushida 4489, so'nggi 115 yildagi barcha urushlarda esa jami taxminan 626 000 odamini yo'qotgan.