Prezident Obama: Amerika o'zgardi, siz va men uchun

Your browser doesn’t support HTML5

Buyuk orzular va bugungi Amerika/ Fifty years after "I have a dream..."

Amerikada irqiy tengsizlikka qarshi kurashga yetakchilik qilgan Martin Lyuter King “Bir orzum bor” deya nutq so’zlab, dunyo e’tiborini o’ziga qaratganiga yarim asr bo’ldi. Vashingtonda bu tarixiy chiqishlarni xotirlab o’tkazilgan tadbirda prezident Barak Obama, AQShning birinchi qora tanli prezidenti ham so’zladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Obama irqchilik va zamon haqida so'zladi/Navbahor Imamova


Sobiq prezidentlar Jimmi Karter va Bill Klinton afro-amerikaliklarning huquqlarini himoya qilib tanilgan arboblar. Ularni gulduros qarsaklar bilan qarshilagan omma Barak Obama, birinchi qora tanli rahbar, sahnaga ko’tarilishini o’zgacha hayajon bilan kutib oldi.

“50 yil oldin amerikaliklar shu yerga kelib ularga bu davlat barpo etilganida berilgan va’da bajarilishini talab qilgan, ya’ni inson borki, teng yaralgan, yaratgan unga uzviy huquqlar bergan, jumladan yashash, ozodlik, baxt va farovonlik sari harakat qilish. 1963-yilda, yuqoridagi so’zlar qog’ozga tushirilganidan deyarli ikki asr o’tib, fuqarolik urushi va qullar qo’yib yuborilganidan 100 yil o’tib ham buyuk va’dalar bajarilmagan edi. Mamlakatning turli burchaklaridan minglab erkaklar va ayollar, turli sinf va guruh a’zolari, yosh va qari shu yerga kelib, adolat va tenglik talab qilgan”,- deydi prezident Obama.

Irqchilikka qarshi kurash uzoq va mashaqqatli jarayon bo’ldi, deydi AQSh rahbari, to’siqlarga qaramay harakat safi kengayib bordi, umid o’lmadi.

“Ular mamlakat bo’ylab marshlarni davom ettirdi. Mana shu chiqishlar sabab fuqaro huquqlari haqida yangi qonun qabul qilindi. Mana shu chiqishlar sabab ovoz berish huquqi to’g’risida yangi hujjat qabul qilindi. Yangi qonunlar qora tanlilar uchun shu paytgacha qulflangan eshiklarni ochib yubordi, farovon yashash uchun imkoniyat yaratildi. Ular endi faqat birovning kirini yuvib yoki tuflisini aytib emas, o’qimishli va kasbli insonlar sifatida yurt taraqqiyoti uchun hissa qo’sha boshladi. Shtatma-shtat qonunlar va tizimlar o’zgardi. Bu o’zgarishlar bora-bora mana Oq Uyni ham o’zgartirdi”,- deydi Obama o’zining ilk qora tanli prezident ekaniga ishora qilib.

“Mana shu chiqishlar sabab Amerika erkinroq va adolatliroq jamiyatga aylandi. Faqat qora tanlilar emas, xotin-qizlar uchun va boshqa turli toifadagi insonlar uchun”.

“Amerika siz uchun ham, men uchun ham o’zgardi. Dunyo bizdan o’rnak oldi”,- deydi Obama.

Erkinlik istab yashayotgan jamiyatlar umidni boy bermadi va Sovet Ittifoqidek yirik tuzumlai vaqti kelib parchalanib ketdi va Janubiy Afrikadek irqchilik avj olgan mamlakatlarda ham o’zgarishlar bo’ldi, deydi prezident.

Martin Lyuter King va u qatorida yurti deb qurbon bo'lganlarning qoni bekorga to'kilmagan. Jamiyatda tenglik va erkinlik ta'minlandi. Ammo muammo butkul yechildi, deyishga hali erta, deydi prezident.

“Amerika xalqi hamon kurashda, irqchilik va har qanday kamsitilishga qarshi ter to'kishda davom etamiz”, deydi Obama.

“50 yil oldin tenglik talab qilib namoyishga chiqqanlar afro-amerikaliklar orasida ham millionerlar ko’paysin deb emas, o’rta sinf kengaysin, kamsitilgan insonlar uchun imkoniyatlar yaratilsin, to’siqlar olib tashlansin degan talabni qo’ygan. Bugun o’zingizdan so’rang, jamiyatimiz qanchalik adolatli deb”.

“Amerikada hamon muammolarning tubi yo’q, jamiyatni mustahkamlash uchun hali ko’p buyuk ishlar qilinishi kerak, Martin Lyuter King orzu qilgan yurt bo’lishimiz uchun inson va uning hayotini ardoqlashda, huquqlarni ta’minlashda va xalq dardiga quloq solishda davom etishimiz kerak. Erkinlik va adolat hamma uchun!” - deydi Obama.

Your browser doesn’t support HTML5

Martin Lyuter King orzulari - Navbahor Imamova



Vashingtonda tarixiy nutq xotirlandi


Vashingtonda tarixiy sana nishonlanmoqda


Your browser doesn’t support HTML5

Martin Lyuter King va uning buyuk orzulari - MLK and his dream