Vashington choyxonasi: Atlantada yashayotgan o'zbek oilasi hayotiga nazar

  • Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" ijodiy guruhi Atlanta shahriga qilgan safari davomida bu yerda yashayotgan o'zbekistonlik oilalardan birining xonadonida mehmon bo'ldi.

Farrux Sattarov va Dilnoza Mansurova bir nafar farzandi bilan AQShda yashayotganiga bir yildan oshgan. Ular bu yerga "Grin karta" lotereyasini yutib kelgan.

Oilaning yangi davlat, hayot va shart-sharoitlarga ko'nikishi qanday bo'ldi? Amerikada yashashning o'ziga xos jihatlari, qiyinchiliklari yoki afzalliklari nimada?

Atlantada yashayotgan o'zbekistonlik oila bilan shu mavzularda suhbat qurdik. Ular bizni o'zbekona mehmondo'stlik asosida milliy taomlar bilan ham siyladi.

Oila hayoti aks etgan suhbatimizni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: Atlantadagi o'zbek xonadonida