Jahon Banki Buxoroda suv ta’minotini yaxshilaydi

  • Amerika Ovozi
Jahon Banki Buxoroning ikki tumanida suv ta’minotini yaxshilashga yordam beradi.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish, 14-dekabr, 2012-yil


82 million dollarlik loyiha O’zbekistonda 220 ming fuqaro hayotini yengillashtiradi, deyiladi Jahon Banki bayonotida.

Mablag’ suv ta’minoti, sifati va chekka joylarga yetishi uchun sarflanadi.

Buxoroning Olot va Qorako’l tumanlari mamlakatning ichimlik suvi bilan bog’liq ahvol eng og’ir hududlaridan.

Suv uzatuvchi kanallar ta’mirtalab, ob-hayotni tozalash funksiyasi samarali ishlamaydi.

Tizimni remont qilib, infratuzilmani qayta qurish, ikki tumanning uzoq nuqtalariga kirish – loyiha maqsadlaridan.

O’zbekiston 1992-yildan beri Jahon Bankiga a’zo.