Falastin bilan muzokara sust, Isroil yangi uylar qurmoqchi

  • Amerika Ovozi

Nablus, G'arbiy sohil

Isroil G’arbiy sohil va Sharqiy Quddusda yahudiylar uchun 1400 yangi imorat qurish rejasini e’lon qildi.

Yaqin Sharq tinchlik muzokaralari shundoq ham arang turgan bir paytda bu qaror falastinliklarga yoqmasligi aniq.

Isroil hukumatining bildirishicha, 800 dona uy G’arbiy sohilda, 600 tasida Sharqiy Quddusda qad ko’taradi. Mazkur hududlarni Isroil 1967-yilda bosib olgan.

Bosh vazir Benyamin Netanyaxu yaqinda falastinlik mahbuslarni ozod qilib, Isroil jamoatchiligini norozi qilgan edi. Hukumat yangi uylar qurib, odamlarni tinchlantirmoqchi.

Amerika davlat kotibi Jon Kerri vositachiligida o’tgan oy falastinlik 26 mahbus qo’yib yuborilgan.

AQSh diplomati mintaqaga safarini yakunlagani zahoti Isroil yangi mahallalar haqidagi rejasini e’lon qildi.

Falastin rasmiylari tinchlik muzokarasini tark etishi, Isroilga qarshi qonuniy chora ko’rishi haqida ogohlantirayapti.

Falastinliklar G’arbiy sohil va Sharqiy Quddusni bo’lg’usi davlati uchun mo’ljallab keladi.

BMT Bosh Assambleyasi Falastinni davlat sifatida tan oldi