"Wikileaks" razvedkaning minglab hujjatlarini e'lon qildi

  • Amerika Ovozi

Bu sahifalarda aytilishicha, Markaziy razvedka agentligi mobil telefonlar, hatto ayrim televizorlarga kirish imkoniga, odamlarni zimdan kuzatish uchun vositalarga ega.

"Wikileaks" sayti asoschisi Julian Assanj Amerika razvedkasini vahimali darajada uquvsizlikda aybladi. Maxfiy hujjatlarni fosh etib tanilgan sayt yaqinda Markaziy razvedka agentligining xakerlik faoliyatiga aloqador minglab hujjatlarni e'lon qildi.

"Wikileaks" shu hafta razvedkaning butun boshli xakerlik salohiyatiga doir hujjatlarni fosh etgan.

Bu sahifalarda aytilishicha, Markaziy razvedka agentligi mobil telefonlar, hatto ayrim televizorlarga kirish imkoniga, odamlarni zimdan kuzatish uchun vositalarga ega.

Assanj texnologiya kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab, odamlarni xakerlardan himoya qilmoqchi ekanini aytmoqda.

"Wikileaks"ning aniqlashicha, razvedka "Apple", "Google", "Microsoft" va AQShning boshqa texnologiya kompaniyalari qo'llaydigan softver-dasturlarda nuqsonlarni aniqlab, o'z foydasiga ishlata boshlagan.

Your browser doesn’t support HTML5

Davlat sirlari... US Manning WIKILIEAKS