Amerika Davlat kotibi muovini Vilyam Berns O’zbekistonga boradi

  • Amerika Ovozi

Vilyam Berns

Qo'shma Shtatlar Davlat kotibi muovini Vilyam Berns (William Burns) 12-13-iyun kunlari O’zbekistonga safar qiladi.

Mahalliy rasmiylar bilan mintaqaviy xavfsizlik va AQSh hamda NATOning Afg’onistondagi missiyasi haqida, bu yo’lda O’zbekiston qo’llab-quvvatlovi borasida gaplashadi.

Tomonlar o’zaro savdo, sarmoyani mustahkamlash, mintaqaviy iqtisodiy integratsiya-aloqani yaxshilash haqida fikr almashishi kutilmoqda.

Berns demokratik institutlarni va inson huquqlarini qo’llab-quvvatlash masalasini ham ko’taradi.

So’ng diplomat Afg’onistonga yo’l olib, Kobulda “Osiyo yuragi” anjumanida qatnashadi. Afg’oniston rasmiylari va regional yetakchilar bilan ko’rishadi.