Yamanda ikki masjid portladi

  • Amerika Ovozi

Yaman poytaxti Sanoda namoz paytida ikki masjidda portlash ro'y berib, 130 dan oshiq odam halok bo'lgan. "Islomiy davlat" ekstremist guruhi bu uning ishi ekanini da'vo qilmoqda.

Badr va al-Hashush masjidlarida ikki kishi o'zini portlatgani aytiladi. Gap Sanoni nazorat qilayotgan shia isyonchi guruhiga qarashli masjidlar haqida ketayapti. Poytaxt sentabrdan beri isyonchi kuchlarning qo'lida qolayapti.

Yaman sobiq rahbari Ali Abdulla Solih tarafini olgan shia isyonchilar payshanba kuni janubdagi Adan shahrida amaldagi Prezident Abdu Rabbo Mansur Hadiga sodiq kuchlar bilan to'qnashgan, 10 dan ziyod odam halok bo'lgan edi.

Isyonchilar xalqaro hamjamiyat tan olgan Prezident Hadini poytaxtdan quvgan. U hozir Adan shahrida o'rnashib, davlatni birlashtirishga harakat qilayapti.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerikaning uchuvchisiz qiruvchi samolyotlari/US drones

Your browser doesn’t support HTML5

Yaman - Amerika siyosati / US Yemen Security