Yamanda yangi, birlashgan hukumat

  • Amerika Ovozi

33 yillik rahbar Ali Abdulla Solih endi nomigagina prezident. Unga qarshi bosh ko’targan omma esa namoyishlarni davom ettirmoqda.

Yamanda yangi birlashgan hukumat tuzildi. 2012-yilning fevral oyida prezident saylovlari bo’lib o’tadi.

Ali Abdulla Solih

Muxolifat yetakchisi Muhammad Basindva boshliq 35-a’zolik vazirlar mahkamasi bugun qasamyod keltirdi va ilk majlisini o’tkazdi. Unga vitse-prezident Abdul Rabuh Mansur Hadiy raislik qildi.

Mudofaa, tashqi ishlar va neft vazirliklarini prezident Ali Abdulla Solih tarafdori bo’lgan odamlar boshqaradi, muxolifat esa ichki ishlar, moliya va iqtisod hamda informatsiya vazirliklari uchun mas’ul.

Namoyishlar ketidan namoyishlar

33 yillik rahbar Ali Abdulla Solih endi nomigagina prezident.

Unga qarshi bosh ko’targan omma esa namoyishlarni davom ettirmoqda. Ular nazarida Solih hokimiyatdan umuman ketishi va qilimishlari uchun javob berishi kerak.