37 yildan beri Zimbabveni boshqarib kelayotgan Robert Mugabe, uning yaqin hamkori Janubiy Afrika hukumatining bildirishicha, o'z uyida.
O'tgan oylar ichida qashshoq mamlakatda yuz bergan siyosiy o'zgarishlardan xalq noroziligi oshib, namoyishlar avj olgan. Mugabe vazirlar va o'z o'rinbosarlarini yangilash bilan ovora edi. Armiya ham Mugabega qarshi ekanini bayon etgan.
Poytaxt Harare ko'chalarida tanklarni ko'rasiz. Xavfsizlik kuchlari soni oshirilgan. O'tgan kunlar ichida o'nlab odamlar hibsga olingan.
Armiya generali SB Moyo deydiki, mamlakatda harbiy to'ntarish bo'lmaydi. Lekin qurolli kuchlar barqarorlikni ta'minlash uchun har narsaga tayyor.
O'tgan kunlar ichida o'nlab odamlar hibsga olingan.
Harare ko'chalarida
General S.B. Moyo murojaati
AQSh va Britaniya hukumatlari Zimbabve ahlini tinchlikni saqlashga, harbiy tizimni ortiqcha kuch ishlatmaslikka chaqirmoqda.
Janubiy Afrika nazarida ham Zimbabveda konstitutsion tuzum ag'darilmasligi, demokratik jarayonlarga yo'l ochilishi kerak.
Zimbabve ko'chalarida
Mugabe 93 yoshda. Uning rafiqasi Greys Mugabe vitse-prezidentlifkka intilmoqda. Shunday bo'lgan taqdirda bu ayol davlat rahbariga aylanishi uchun imkon paydo bo'ladi. Greys Mugabe 52 yoshda.
VIDEO: Mugabe hayoti (ingliz tilida)
Your browser doesn’t support HTML5
Military Takeover Brings Apparent End of Robert Mugabe's Rule Over Zimbabwe