Shohruh Hamro O'zbekiston va Amerika oliygohlarida ta'lim olgan. 10 yildan oshiq davrdan beri Vashingtondan turib, xalqaro masalalarni yoritib keladi. Diktor, prodyuser va muxbir.
Amerika 41-prezident keksa Jorj Bush bilan vidolashmoqda. Mamlakatni 1989-1993 yillarda boshqargan Bush uzoq davom etgan xastalik ortidan 94 yoshida ona shtati Texasda olamdan o’tdi. Uning tobuti ziyorat uchun bir necha kun Kapitoliyda turadi. Dafn marosimida Prezident Donald Tramp ham qatnashadi.
Markaziy Amerika davlatlaridan yo’lga chiqqan migrantlar 4000 kilometr masofani bosib o’tib, AQSh-Meksika chegarasigacha yetib kelgan. Ular Amerikadan boshpana olmoqchi. Meksikaning Tixuana shahrida qo’nim topgan karvonga har kuni yuzlab odamlar kelib qo’shilmoqda.
Suriyada urush boshlanganiga sakkiz yil to’lmoqda. AQSh quvvatlayotgan guruhlar mintaqada “Islomiy davlat” to’dasiga qarshi yangi amaliyotlar boshlayapti.
Amerikada sobiq mahkumlar 6 milliondan oshiq. Ularning saylovlarda ovoz bera olishi shtatdan shtatga va qanday jinoyat sodir etilganiga qarab keskin farq qiladi. Floridada qamoqdan chiqqan odamning ovoz berish huquqini tiklashga yillab vaqt ketishi mumkin. Vermontda esa mahkumlar ovoz bera oladi.
6-noyabr – grin-karta uchun ariza topshirishning so’nggi kuni. Lotereyada qatnashmoqchi bo’lsangiz, so’nggi kungacha kutib o’tirmang. O’yinda O’zbekiston qatorida yana yuzlab davlatlar qatnashadi. Savollaringizga javoblar...
Xellouin – ruhlar uyg’onadigan kun, Amerikada eng ommabop bayramlardan biri. Bolalar turli obrazlarga kirib, eshikma-eshik yuradi, “sizni qo’rqitaymi yoki meni shirinlik bilan siylaysizmi?” deb, savatlarda konfet terishadi. Amerikada Xellouin milliard dollarlik sanoatga aylangan.
Grin-karta - AQShga doimiy yashash uchun kelish imkoniyatini beruvchi hujjat. Har yili lotereya asosida dunyo bo'ylab 50 ming kishiga beriladi. Dasturda qatnashish bepul, anketa internetda to'ldiriladi. Sizdan kelayotgan savollarga javoblar.
Markaziy Amerika davlatlaridan muhojirlar karvoni AQShga yaqinlashar ekan, Prezident Donald Tramp chegarani yopmoqchi. Noqonuniy migrantlar uchun darvoza yopiq, deydi u. Tramp bu odamlarni o’z hududidan o’tkazayotgan davlatlarga moliyaviy yordamni kesishi haqida ham ogohlantirgan.
AQShning Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlarida Florens to’foni 32 kishini hayotdan olib ketdi. To’fon zaiflashgan bo’lsa-da, toshqin va yer ko’chishlari katta xavf, deya ogohlantirmoqda rasmiylar.
AQSh prezidenti ommaviy axborot vositalarini “xalq dushmani” deb tamg’alagan. Donald Tramp ta’biricha matbuot o’z maqolalari bilan urush ham keltirib chiqarishi mumkin. Prezidentning bunday hujumlaridan to’ygan axborot vositalari kelishgan holda o’z sahifalarida Trampga javob qaytardi.
Qo’shma Shtatlar va Rossiya yadroviy qurollar tarqalishining oldini olish uchun zudlik bilan bilan sovuq urush davridagi hamkorlikni tiklashi kerak. Strategik tadqiqotlar xalqaro instituti arxivdagi yangi razvedka ma’lumotlarini o’rganib chiqib, shunday maslahat bermoqda.
Facebook kompaniyasi odamlarni bir-biriga qarshi qo’yishni maqsad qilgan 32 ta soxta akkauntni yopib tashladi. Razvedka idoralarining ogohlantirishicha, Rossiya amerikalik saylovchilarni chalkashtirish va Amerika jamiyatda g’avg’o qo’zgash xatti-harakatlarini jadal davom ettiryapti.
AQSh bo’ylab 90 ga yaqin musulmon amerikaliklar hokimiyatga saylanish harakatida. Aksariyati Demokratik partiya a’zolari. Kuzgi saylovda ular Tramp boshliq respublikachilardan Kongressning kamida bir palatasini qo’lga olmoqchi. Siyosatga kirayotgan shifokor bilan tanishing.
Bundan qariyb yarim asr oldin AQSh astronavtlari Oyga qadam qo’ygan. NASA, Fazoviy tadqiqotlar agentligi Oyga qaytishni va keyinchalik Marsga uchishni mo’ljallab qo’ygan. Prezident Donald Tramp, shuningdek, harbiy kosmik kuchlarni yaratishni taklif qilmoqda.
Dunyo aholisining uch foizdan oshig’i o’zi tug’ilgan mamlakatda yashamaydi. Insoniyat migratsiyasi ortida qanday omillar yotadi? Odamlarni o’zga yurtga nima yetaklaydi?
AQShning mototsikllar ishlab chiqaruvchi Xarli-Deyvidson kompaniyasi Yevropada ham korxona ochadi. Yevropalik baykerlar bundan xursand, chunki mahsulot qimmatlab ketmaydi. Xarli-Deyvidsonning qarori AQSh va Yevropa Ittifoqi o’rtasida savdo bo’yicha kechayotgan tortishuv natijasidir.
Faollarning aytishicha, Rossiya futbol bo’yicha Jahon chempionatidan foydalanib, mamlakatdagi inson huquqlari bo’yicha ahvolni yaxshiroq qilib ko’rsatishga harakat qilmoqda. So’nggi olti yilda, deydi ular, muxolifat, jurnalistlar, gey va biseksual jamoalar va nohukumat tashkilotlarga bosim oshgan.
Prezident Donald Trampning qistovi bilan Qo’shma Shtatlar boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini qayta ko’rib chiqmoqda. AQSh import qilingan po’lat va alyuminiyga tariflarni oshirdi. Bunga javoban ko’plab hukumatlar Amerika viskisiga 25 foiz tarif joriy etmoqchi.
Millionlab futbol ishqibozlari Rossiyaga tashrif buyurmoqda, jumladan, Janubiy Amerika va Afrikadan. Diskriminatsiyaga qarshi kurashuvchi tashkilotlar Rossiyada irqchilik va gomofobiya oddiy hol, deya ogohlantirmoqda.
Ramazon - xayr-saxovat va ibodat oyi. Kolorado shtati, Avrora shahrida musulmonlar toat-ibodatni Daral Tavhid masjidida qilishadi. Masjid joylashgan markazda basseyn, tennis maydonlari va sportzal ham bor.
Ko'proq...