Breaking News

“Amerika Ovozi” AQShning eng katta xalqaro multimedia yangiliklar tashkiloti bo’lib, qisman yoki umuman matbuot erkinligiga ega bo’lmagan auditoriyaga 45 tilda ma’lumot uzatadi. 1942-yilda tashkil etilgan “Amerika Ovozi” keng qamrovli va mustaqil axborot berishni hamda tinglovchilarga haqiqatni yetkazishni maqsad qilgan. AQSh Global Media Agentligi tarkibida bo’lgan tashkilot to’liq AQSh soliq to’lovchilari tomonidan moliyalanadi.

“Amerika Ovozi” missiyasi va tahririyat mustaqilligi jurnalistlarni ta’sir, bosim yoki hukumat rasmiylari va siyosatchilar zug’umidan himoyalaydigan qonunlar bilan kafolatlangan.

1976-yil Prezident Jerald Ford “Amerika Ovozi nizomi”ga imzo chekdi. Unga ko’ra:

  1. “Amerika Ovozi” ishonchli va obro’li yangiliklar manbasi bo’lib xizmat qiladi. Tashkilot xabarlari aniq, xolis va batafsil bo’ladi.
  2. “Amerika Ovozi” AQSh jamiyatining bir qismini emas, balki butun Amerikani namoyon qiladi va shu bois Amerikaning muhim o’y-fikr va institutlarini muvozanatli hamda batafsil aks ettiradi.
  3. “Amerika Ovozi” AQSh siyosatini aniq va samarali yoritadi hamda u haqidagi mas’uliyatli muhokama va fikrlarni ifodalaydi.

1994-yil AQSh Kongressi AQSh xalqaro teleradio qonunini qabul qildi. Ushbu qonunga ko’ra, “Amerika Ovozi” jurnalistlari ishi ishonarli, aniq, xolis, batafsil, muvozanatli hamda AQSh madaniy-ijtimoiy rang-barangligini ifodalaydigan bo’lishi kerak.

2016-yil Kongress qabul qilgan Milliy mudofaani ta’minlash qonunida yangilik to’plash va xabar berish vazifalari mustaqil hamda xolis bo’lishi lozimligi yana bir bor belgilab qo’yildi.

Har kuni “Amerika Ovozi” jurnalistlari dunyoga erkin matbuot qanday bo’lishini ko’rsatish uchun qattiq mehnat qiladi.

XS
SM
MD
LG