AQSh: Afg'onistonda jangarilar qo'mondoni - terrorchi

  • Amerika Ovozi

AQSh: Afg'onistonda jangarilar qo'mondoni - terrorchi

AQSh: Afg'onistonda jangarilar qo'mondoni - terrorchi

Qo'shma Shtatlar Afg'oniston janubi-sharqida harakatlanayotgan jangarilar qo'mondoni Sangin Zadranni terrorchilar ro'yxatiga qo'shgan. Davlat departamentiga ko'ra, Zadran Pokistonda joylashgan Haqqoniy tarmog'i a'zosi bo'lib, Paktika viloyatida hokimiyatni deyarli qo'lga olgan.

Qo'shma Shtatlar uning Amerikadagi hisob raqamlarini muzlatib, o'z fuqarolariga u bilan ish qilishni taqiqlaydi.

Haqqoniy tarmog'i chegaradan o'tib Afg'onistonda xalqaro koalitsiya kuchlariga qarshi xurujlar uyushtirib turadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham Zadranni terrorchi deb belgilagan. U bomba xurujlari va odam o'g'irlashlarga bosh bo'lganlikda ayblanmoqda.

Bu o'rtada Afg'oniston janubidagi Qandahor shahrida viloyat hokimiyatida ishlovchi bir ayol uyi yonida otib o'ldirilgan. Robiya Saodat mashinasiga yaqinlashayotgan payt bir odam mototsikldan turib unga o'q uzgan. Rasmiyning haydovchisi yaralangan. Saodat hokimiyatning ijtimoiy bo'limida ishlar edi.

Hujum sabablari aniq emas. Kecha esa jangarilar viloyatda xalqaro harbiy bazaga qarashli ta'minot bazasiga hujum qilib, to'rt soqchini o'ldirgan, olti nafari jarohat olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG