Gorbachyov: Rossiya demokratiyadan chekinmoqda

  • Amerika Ovozi

Gorbachyov: Rossiya demokratiyadan chekinmoqda

Gorbachyov: Rossiya demokratiyadan chekinmoqda

Sovet Ittifoqining birinchi va so'nggi prezidenti Mixail Gorbachyovning aytishicha, Rossiya orqaga qarab ketmoqda.

19-avgust kuni Sovet Ittifoqida davlat to'ntarishi bo'lganiga 20 yil to'ladi. Isyonchilarning rejasi amalga oshmay, keyinchalik u voqealar Sovet tuzumining yemirilishiga turtki bo'lgan edi.

"Rossiya erkin saylovlar va yangi rahbariyatga muhtoj. Xalq siyosiy jarayonlarga jalb qilinmayapti", - deydi Gorbachyov.

Qayta qurishning otasi mamlakatda gubernatorlarni prezident tayinlashi emas, ilgarigidek umumiy saylovlarda saylash zarur.

2012-yil mart saylovlarigacha oz vaqt qolar ekan, prezidentlikka asosiy da'vogarlar kim bo'lishi ma'lum emas. Ayrim tahlilchilar Bosh vazir Vladimir Putin prezidentlikka qaytadi desa, boshqalar nazarida amaldagi rahbar Dmitriy Medvedevning ham saylovlarda ishtirok etishi ehtimoldan xoli emas. Ammo ular saylovga doir rejalari haqida hali lom-lim demagan.

Gorbachyov Putinning "Birlashgan Rossiya" partiyasini Sovet davridagi Kommunistik partiyaga qiyoslab, yakkahokimlikka chek qo'yish kerak, dedi. Ammo Putinni tanqid qilmay, aksincha iqtisodiy tanazzuldan so'ng mamlakatni oyoqqa turg'azishdagi hissasini ta'kidlab o'tdi.

Bugun Putin va Medvedev Volga daryosida baliq oviga chiqqan. Kuzatuvchilar nazarida arboblar saylov mavzusida gaplashgan bo'lishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG