Minnesota, Missuri va Kolorado Rik Santorumni tanladi

  • Amerika Ovozi

Minnesota, Missuri va Kolorado Rik Santorumni tanladi

Minnesota, Missuri va Kolorado Rik Santorumni tanladi

Prezidentlikka da'vogar to'rt respublikachi bugun uch yirik shtatda partiya nomzodligi uchun bellashdi.

Minnesota shtatida sobiq senator Rik Santorum ko'pchilik ovozni qo'lga kiritgan. Missuri va Kolorado respublikachilari nazarida ham u Oq Uyga munosib arbob.

Shtatma-shtat o'tadigan saralash jarayonida va reytinglarda, umuman olganda, Massachusetts shtati sobiq gubernatori Mitt Romni oldinda ketmoqda.

Lekin bugungi g'alaba manzarani bir oz bo'lsa-da, o'zgartirsa ajabmas.

Mitt Romni 2008-yilda ham prezidentlik uchun kurashganida Kolorado respublikachilari uni quvvatlagan.

Ammo nomzodlikni Romni Jon Makkeynga boy bergan edi. Makkeyn esa prezidentlikka saylana olmagan.

Rik Santorum

Rik Santorum

Oq Uyga da'vogar boshqa arboblar, Nyut Gingrich va Ron Pol, poygada ancha orqada lekin harakatni davom ettirmoqda.

6-mart kuni 10 shtat birvarakayiga ovoz beradi. Undan keyin respublikachilardan prezidentlikka nomzod kim bo’lishi yanada oydinlashadi.

Nomzod 6-noyabrda umummamlakat saylovida amaldagi rahbar, demokrat Barak Obama bilan bellashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG