Tojikiston: Yangi TV kanal qachon ochiladi?


Eron, Tojikiston va Afg'oniston rahbarlari, Dushanbe, 26-mart, 2012

Eron, Tojikiston va Afg'oniston rahbarlari, Dushanbe, 26-mart, 2012

Fors-dariy tilidagi kanal ustida Eron, Afg'oniston va Tojikiston rahbarlari kelishib bo'lgan, lekin u qachon ishga tushishi mavhum.

Tojikistonda bir necha yildan beri Eron va Afg’oniston hamkorligida fors tilida xalqaro telekanal ishga tusharmish degan gaplar yuradi. Uch mamlakat prezidentlari uchrashganida bu borada ochiq gapirgan ham edi. Omma orasida qiziqish katta. Lekin kanal qachon ochiladi? Soha egalari bu oson emas, deydi.



Тоjikistonda Eron bilan hamkorlik masalasida so’z ketganda ziyolilar Afg’oniston ham qo’shilgan xalqaro telekanalning ishga tushmayotganini albatta tilga oladi.

Hammasi kelishilgan, hamma rozi, xalq kutmoqdа, nega amalga oshmaydi, deb so'rayotganlar ko'p.

Uch mamlakat rahbarlari “Navro’z” deb nomlangan bu loyiha yuzasidan kelishib olgani aniq.

Fors-dariy tilida efirga chiqishi aytiladigan xalqaro telekanal borasida mahalliy ziyolilar turlicha fikrda.

Rus gazetasi jurnalisti Valentina Doronina ta'biricha, bu g’oya qog’ozda qolib ketishi mumkin.

“Aslini olganda uch davlatda ham allaqachon bu haqda unutib yuborishdi. Ikkinchidan, eng asosiysi, Afg’oniston bor joyda u qanaqa loyiha bo’lmasin, unda Rossiya bo’ladimi, Tojikistonmi, hatto Afrika davlatlari bo’lsa ham, Eron istayotgan siyosat oldinga bosmaydi. Buning ustiga ommaga ta’sir etuvchi eng katta kuch - televideniye”.

Eron va Afg’onistondagi kuchlar nisbati inobatga olinadigan bo’lsa, pozitsiyalarning farqi bor, deydi jurnalist.

Uning fikricha, mintaqada siyosiy islomni oldinga suruvchi Eronning bu televideniyega yetakchilik qilishini Tojikistonning hozirgi hukumati istamasligi kundek ravshan.

Fransiyada malaka oshirib qaytgan yosh ziyoli Faridun Mirhaydar fikricha, xalqaro telekanal ijobiy qadam bo'ladi, lekin buning uchun mablag’ yo’q. Balki Eronning o’zi unga moliya ajratar, deya o'ylanadi u.

“Bu televideniye bo’lsa yaxshi bo’lardi, chunki tilimiz, madaniyatimiz bir... Lekin hamma narsa bo’lsa-yu pul bo’lmasa, qayerdan ish bo’ladi?”

Namozxon yigit Sharifshex To’raxo’jayev nazarida gap pulda emas.

“Тоjikistonda Eronu Afg’oniston orasidagi bunday televideniye masalasi hal bo’lgan. Hamma narsalari bor, uskunalari ham. Agar istasa, Eron yana qo’llaydi, yana pul beradi. Bu yerda maqsad pulda emas, boshqa narsada. Bu katta siyosatga aylanib ketadi. Shundoq ham bizga o’xshagan namozxonlar ko’payib ketayotganiga qarshilik qilayotgan hukumat shuni istarmidi? Afg’onistondayam qarshilik qiluvchilar bordir, bunisiga uncha ishonmayman, lekin o’zimiznikilar istamayapti deb o’ylayman”.
XS
SM
MD
LG