Breaking News

Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini mustahkamlamoqda


Chegarada, Afg’oniston shimoliy hudularida o’tgan oylarda janglar sadosi Amudaryoning o’ng qirg’og'i Tojikistonda baralla eshitilgach, Dushanbe Rossiya harbiy kuchlariga ko’z tika boshladi.
Chegarada, Afg’oniston shimoliy hudularida o’tgan oylarda janglar sadosi Amudaryoning o’ng qirg’og'i Tojikistonda baralla eshitilgach, Dushanbe Rossiya harbiy kuchlariga ko’z tika boshladi.

Rossiyaning chet eldagi eng yirik harbiy bazalaridan biri Tojikistonda. Qariyb 7500 harbiy bor. 2012-yilgi kelishuvga muvofiq, inshoot 2041-yilgacha qolishi mumkin.

Afg’oniston-Tojikiston chegarasida Tolibon yana faollashgani sabab esa Dushanbe hozir tashvishda. Natijada Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini mustahkamlashga kirishgan.

Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini mustahkamlamoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:04 0:00

Chegarada, Afg’oniston shimoliy hudularida o’tgan oylarda janglar sadosi Amudaryoning o’ng qirg’og'i Tojikistonda baralla eshitilgach, Dushanbe Rossiya harbiy kuchlariga ko’z tika boshladi.

Zudlik bilan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga murojaat qilindi, respublika janubiy sarhadlarida tashkilotning harbiy mashqlari o’tkazildi, qo’shimcha harbiy kuchlar kiritildi.

Rossiya hozir Tojikistondagi bazasiga harbiy texnika yetkazishni boshladi. Harbiylar va texnikani tashuvchi, mintaqaga moslashtirilgan harbiy yuk mashinalari olib kelindi.

Tojikistonning o’zida rus harbiy bazasi haqida turli fikrlar yuradi. Huquqshunos Fayziniso Voxidova har qanday chet el harbiy bazasi shu mamlakat mustaqilligini shubha ostiga qo’yadi, deydi.

Lekin rus harbiylarining Tojikistonda turishini mintaqa xavfsizligi uchun muhim hisoblaydi. Uning fikricha, Tojikistonning geografik joylashuvi, Afg’oniston bilan chegaradosh ekani, mintaqada qudratli davlatlarning geopolitik o’yinlari nazarga olinishi kerak.

"Shuning uchun Tojikiston o’z milliy xavfsizligi masalasida barcha choralarni ko’rishga majbur. Biz bilamizki, Rossiya bu yerda harbiy kuchlarini ko’paytirmoqda, qurollanishni kuchaytirmoqda. Bularning hammasi Afg’onistondan kelayotgan xavfni kamaytirishga qaratilgan. Chegarada Tolibon va "Islomiy davlat" jangarilarining otishmalari baralla eshitilib turibdi, bu bizga tahdid hisoblanadi", - deydi u.

"Bizga kirib kelgan radikallar bu yerda qolmaydi, yanada uzoqqa harakat qiladi. Holat shunday ekan, Rossiya, albatta, bizdagi harbiy salohiyatini oshirishga intiladi, bu tushunarli. Ammo nazarimda ruslar bizga ko’proq chegara qo’riqlanishi uchun qurol-aslahada ko’mak ko’rsatgani ma’qul bo’lardi", - deydi Voxidova.

So'g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi Ilhom Yusupovning fikricha, Rossiya harbiy bazadan faqat o’z manfaatlari uchungina foydalanadi.

"Harbiy bazadan, avvalo, Rossiya manfaatdor. Albatta, qandaydir xavflardan himoya qiladi, deyilishi mumkin. Lekin fuqarolar urushida shaxsan ularning qattiq yordam berganini ko’rganim yo’d. Ular, birinchidan, o’z manfaatlaridan kelib chiqadi. Ikkinchidan, Amerikami, boshqa davlatmi, bazasi joylansa, ular yeriga, boshqasiga deb ijara haqi to’laydi", - deydi u.

"Albatta, bular ham ijara qilib qo’ygan. Lekin o’sha ijarasini, menimcha, umuman to’lamaydi. Nomiga bir somoniy (15 sent) o’tkazib qo’yishi mumkin, ana shunday qilib yuraveradi. Qancha-qancha joylarimizni egallab olib, hukmronlik qilib yuribdi. Ruslarning eskidan Toshkentni qirg’inbarot qilganini eslab, hozir ham ular sovetlar davlatini yana qo’msab turishini men his etib turibman", - deydi Yusupov.

U Tojikistonda ba’zilarning sho’rolar yaxshi edi, mamlakat aholisini mehnat muhojirlari hisobidan hozir Rossiya boqib turibdi, o’rnashib olsalar olaversinlar, degan fikrlariga umuman qo’shilmaydi.

"Sho’rolar davrida 70 yil o’z nonimizni o’zimiz yeganimizda, o’z mahsulotimizga o’zimiz ega bo’lganimizda, albatta, o’sha 70 yilda undan-da yuksak bo’lib ketishimiz mumkin edi. Masalan, paxtani bu yerda yetishtirib, zavodini Ivanovoda qurdirib qo’ygan… ipsiz shunday bog’lab tashlaganki, mabodo o’sha ittifoq vaqtida ham ajralish istagi paydo bo’lib qolsa, o’zini uddalay olmasin, yana boshini egib kelsin degan maqsadda qilingan narsalar bu", - deydi Yusupov.

Mahalliy tahlilchilarning aytishicha, Rossiya bazasining Tojikistonda yana 26 yilga qolish-qolmasligi o’rtadagi shartnomaga bog’liq bo’lmasligi mumkin.

Tahlilchi Valentina Doroninaning fikricha, baza atrofida o’ziga xos savdo ketmoqdaki, bunda har ikki taraf o’z manfaatlarini o’ylamoqda. Uning fikicha, masala moyli muhokama mavzusiga aylanib qolgan, o’rtada ko’p gap-so’zlar bor.

"Birinchidan, Rossiya Tojikistonda dunyoda ko’rilmagan imtiyozli sharoitda bazaga ega bo’ldi. Bu ruslarning janubiy chegaralarni qo’riqlash bahonasidagi imperiyacha harakatidan dalolat beradi. Baza o’z qonun-qoidalari bilan yashamoqda, bu harbiylar ko’ngliga kelgan ishini qilmoqda, qotilliklar bo’lmoqda. Shu yilning o’zida har ishlarga qo’l urishdiki, buni ham hukumatimiz e’tiborga olishi zarur", - deydi u.

"Shunday ekan, hukumatimiz Rossiya oldiga zarur talablarni qo’ya bilishi zarur. O’rtada har holda qandaydir savdo ketayotgani aniq. Rossiya harbiylarining bu yerda qancha muhlatga qolishi esa qog’ozdagi kelishuvga emas, Tojikistondagi ichki vaziyatga bog’liq", - deydi Valentina.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG