G'ofur Rahimov AQSh qo'ra ro'yxatida

  • Amerika Ovozi

G'ofur Rahimov AQSh qo'ra ro'yxatida

G'ofur Rahimov AQSh qo'ra ro'yxatida

AQSh Moliya vazirligining Xorijiy mulk nazorati bo’yicha idorasi dunyo bo’ylab terror va jinoiy guruhlar faoliyatini kuzatib boradi va o’z qora ro’yxatiga ega.

Yaqinda yangilangan bu hujjatda O’zbekistonda uyushgan jinoyatchilik tizimi yetakchilaridan biri deb qaralgan G’ofur Ahmedovich Rahimov ham kiritilgan.

Rahimov (Rakhimov), G’ofur, Arslonbek yoki G'ofur-boyvuchcha degan nomlar bilan ham tanilgan bu shaxs Amerika hukumati nazarida xalqaro kriminal doira vakili.

1951-yilning 22-iyulida tug’ilgan G’ofur Rahimov, deyiladi hujjatda, O’zbekiston fuqarosi, lekin Birlashgan Arab Amirliklari, xususan Dubayda Shayx Zayed ko’chasidagi 64-villada istiqomat qiladi.

Rahimovning internetdagi sahifasi hozirda yopiq. Lekin boshqa mavjud ma'lumotlarda qayd etilishicha, u tadbirkor, sport arbobi va filantrop (saxovatpesha). Boks bilan shug'ullanadi va nafaqat mamlakat balki mintaqaviy va xalqaro miqyosida bu sohani yuritib keladi. Bir necha mukofotlar sohibi. 2010-yilda u Boks bo'yicha Osiyo Konfederatsiyasi prezidenti etib saylangan.

Rahimov Sovet armiyasida xizmat qilgan, Leningrad (hozirda Sankt-Peterburg) Iqtisod Institutini bitirgan muhandis-ekonomist. 1970-80-yillarda O'zbekiston SSR Savdo vazirligida ishlagan. 1990-yillardan boshlab kooperativlar, aksionerlik jamiyatlari, kichik va katta bizneslarga yetakchilik qila boshlagan.

AQSh qora ro’yxatida O’zbekistondan yana bir shaxs bor – Lazar Gurgenovich Shaybazian. 1966-yil 1-aprelda tug’ilgan.

Qirg’izistondan ushbu hujjatga kiritilgan odam Qamchibek Asabekovich Kolbayev - Kamchi Bishkekskiy degan ism bilan mashhur. 1974-yil 3-avgustida tug’ilgan, ammo ayrim joylarda 1973-yil 1-yanvarda tavallud topgan deb ko’rsatiladi. Moskva va Dubayda uylari bor. Aslida Qirg’izistonning Cholpon-Ota shahridan.

AQShning bu ro’yxati dunyo bo’ylab unga hamkor davlatlar tomonidan qo’llanadi. Undagi shaxslarga nisbatan cheklovlar joriy etiladi, ya'ni bu odamlar Amerika moliya tizimlariga yaqinlasha olmaydi, ularning mulklari muzlatiladi va amerikaliklar ular bilan aloqa qilolmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG