Breaking News

NATO sammiti, Chikago, 20-21 may, 2012

20-21 may kunlari Chikagoda o'tgan NATO sammitida AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta Markaziy Osiyoda kelgan delegatsiyalar bilan alohida uchrashib, o'z xalqi nomidan bu davlatlarga Afg'oniston yuzasidan qilayotgan hamkorligi uchun chuqur minnatdorchilik izhor etgan. Pentagon matbuot xizmatining bildirishicha, yopiq eshiklar ortida kechgan muloqotda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkmaniston tashqi ishlar va mudofaa vazirlari bilan fikr almashilgan. Markaziy Osiyo Afg'onistondagi xalqaro koalitsiya uchun zarur mahsulotlar yetkazuvchi Shimoliy Ta'minot Tizimining muhim qismidir. Notinch mamlakatga boradigan noharbiy yukning yarmidan ko'pi mintaqa orqali olib o'tiladi. Bu loyihaga, shuningdek, Boltiqbo'yi davlatlari, Rossiya va Kavkaz mamlakatlari ham hissa qo'shmoqda.


Ko'proq...

XS
SM
MD
LG