Shogirdlik yosh tanlamaydi, imkoniyat maydoningiz kengayadi

  • Amerika Ovozi

Texnologiya va globalizatsiya Amerikada millionlab odamlarni ishsiz qoldirgan. Ular yangi yo’nalishlarga o’qib, yangi sohalar bilan shug’ullanishga majbur. Hunarli odamga hamisha ish bor. Imkoniyat izlashdan to’xtamaslik kerak.

Yadroviy energiya bilan quvvatlangan suvosti kemasi ta’mirdan o’tmoqda.

“USS New Jersey” deb nomlangan harbiy vositada shogird tushganlar bor.

“Mayda qismlar astalik bilan yig’iladi. Qarabsizki, kemaga aylanadi”, - deydi Jordan Leysi, shogird.

“Newport News Shipbuilding” kompaniyasida kemalarni ta’mirlashni o’rganish bir necha yillik mashg’ulot. Sabr-toqat, qunt va tirishqoqlik talab qiladi.

Jordan dizayn va turli uslublar bo’yicha saboq olmoqda. Mashg’ulotlar uchun si

Kompaniyaga ishning ko’zini biladigan, sara mutaxassislar kerak. Ularni esa o’zi tayyorlaydi, deydi Everett Jordan.“O’zimizning qo’limizda ta’lim olgan, kemalarning sirini o’rganib, sinovlardan o’tib, murakkab shakl va texnologiya nima ekanini yaqindan tushunadigan odamga hech kim teng kela olmaydi. Haqiqiy ustalar ular bo’ladi. Ana sizga kadr”.

Yevropada, xususan Germaniya va Daniyada, ko’plab sohalarda mana shunday imkoniyatlar taklif qilinadi. Amerikada unchalik tarqalmagan.

“Shogirdlikka yollash va mutaxassis tayyorlash bizneslar uchun kelajak yo’lida sarmoya”, - deya tushuntiradi Edvard Alden, bu borada izlangan ekspert.

...21-asr boshida Qo’shma Shtatlarda deyarli har ikkinchi kompaniya bunday o’quv kurslarni bekor qila boshlagan edi.Qay sohada bilim olganingizdan qat’i nazar, shogirdlikka tushaman desangiz, bizneslarining imtihonlaridan o’tishingiz kerak. Ular uchun eng muhimi - siz shu yo’nalishda ishlashni xohlayotganingiz va qattiq mehnatga tayyor ekaninsiz. Kemasozlik singari sohalar mayda ish va izchillik talab qiladi.

Qo’l mehnati hali ham muhim rol o’ynaydi. Texnologiyadan ham yaxshigina xabardor bo’lishingiz kerak.

Og’ir reaktorlar, radiatsiya xavfi, bir-biri bilan chambarchas bog’liq sistemalar ichidasiz.“Ishimni yoqtiraman. Muammolarni hal etishni yaxshi ko’raman. Tinimsiz masala yechamiz har kuni. Har bir narsa jumboq”.

Bu soha haqida hech narsa bilmay turib shogirdlikka tushgan, shu yerda pishgan amerikaliklar bugun boshqalarga ustoz. Bilim va tajriba yetarli.

O’quv dasturi rahbari Everett Jordan ta’lim olish va hunar o’rganish to’xtamas jarayon, deydi.

Bu kompaniyada hozir 20 ming odam ishlaydi. 3000 xodim shu yerda o’qib yetishgan mutaxassis.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG