Silikon vodiysidagi mutaxassislar bilimini dunyo bilan baham ko'rmoqda


Manba: Nation of Change

Silikon vodiysi – ilg’or texnologiya vatani. Butun dunyodan mutaxassislar, ishbilarmonlar va yoshlar unga intiladi.

Kaliforniya shimoli azaldan ixtirolar makoni. San-Fransisko shahri, masalan, texnologiya va innovatsiya bobida global lider. Dunyoni o’zgartirayotgan tizim va vositalar shu yerda yaralgan va asoslangan.

“Silikon vodiysi – texnologiya makkasi. Jahondagi engi kuchli aql egalari bir joyga to’plangan. Samara va natija o’zingizga ma’lum”, - deydi Muhammad Ibrohim, liderlikni targ’ib qiluvchi tashkilot vakili.

Turli davlatlarda texnologiya sohasida yetakchilik qilayotganlarni topib, ularni Silikon vodiysi bilan tanishtiradi.

“Biz bu odamlarni quvvatlaymiz. Malakasini oshiramiz, marketing va strategiya bo’yicha bilimini charxlaymiz. Taraqqiy etish sirlarini o’rgatamiz. Sarmoyachi topish va o’z g’oyalarini qanday qilib targ’ib qilish yo’llaridan dars beramiz”, - deydi Ibrohim.

Manba: Technically.ly
Manba: Technically.ly



“Google” kompaniyasi ham shunday imkoniyatlar taklif qiladi.

Dasturga tanlansangiz, 50 ming dollar mablag’ olasiz va ikki haftalik mashg’ulotga kelasiz. E’tibor Lotin Amerikasi va Osiyoda.

“Mehmonlarimizga dars berish uchun eng usta texnologlar, marketing ustalari va trenerlarni tanlaymiz. Masalan, Hindistonda mehmonxona biznesini yuritadiganlar Amerikadagi tajriba bilan tanishadi. O’xshash kompaniyalar bilan tanishtiramiz. Maqsadimiz intiluvchan, tirishqoq mutaxassislarni ruhlantirish, rag’batlantirish. Kelajak ular qo’lida”, - deydi Roy Glazberg.

“Google” treninglarga yaqin orada boshqa davlatlarni ham qo’shmoqchi.

Hali yosh bo’lsangiz, bilim olayotgan bo’lsangiz, Silikon vodiysida imkoniyatlar talay. “Mozilla” singari kompaniyalar uch oylik amaliyotlar taklif qiladi. Albatta ularning talablariga javob berishingiz kerak.

“Kompaniyamizga eng zo’r va eng aqlli yoshlar kerak. Madaniy jihatdan rang-barang muhit... Dunyoning har yeridan keladi bu yoshlar. Chertib-chertib tanlaymiz. Texnologiya sohasida o’qiyotgan bo’lishi shart emas. Lekin bizga kerakli odam bo’lishi kerak – moslashuvchan, mehnatkash”, - deydi Nikol Gibson, "Mozilla" vakili.

Silikon vodiysida amaliyotchilar oyiga 5000 ming dollar haq olishi mumkin. Lekin talab va mehnatga hamma ham chiday olmaydi. Haqiqiy raqobat maydoni.

XS
SM
MD
LG