Breaking News

Inauguratsiya ketidan Trampga qarshi namoyishlar

Donald Tramp AQShning 45-prezidenti sifatida qasamod keltirishidan bir kun o'tib Vashington ko'chalari namoyishchilar bilan to'ldi. Voqeani jonli blogimizda kuzatib boring.

Obama Trampni Oq uyda kutib oldi

Donald Tramp Avliyo Jon cherkoviga borib, ibodat qilishi ortidan Oq uyga keldi. Bu yerda Tramp va uning rafiqasini prezidentligining so'nggi soatlarini o'tkazayotgan Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obama kutib oldi. An'anaga ko'ra, Melania Tramp Oq uyni tark etayotgan prezident oilasiga shirinlik olib keldi.

Bu yerda Tramp va Obama oilasi birga nonushta qiladi va shundan so'ng qasamyod keltirish marosimi uchun Kapitoliy binosiga borishadi.

Tramp sharafiga tantanalar

Uch kun davomida AQShda yangi prezident sharafiga turli tadbirlar, konsert va ziyofat marosimlari o'tkaziladi.

Kecha, 19-yanvar kuni yangi prezident sharafiga katta konsert tantanasi o'tdi. Yangi rahbar etib saylangan Donald Tramp yig'ilganlarni olqishladi, xonanda-sozandalar kuy-qo'shiq aytdi. Marosimni ko'rish uchun 10 ming odam yig'ildi.

Kun botib, sahnani yulduzlar egalladi. Vatanparvarlik haqida kuylab, yangi prezidentga hamdu sanolar aytishdi.

Bugun ham, ertaga ham Vashingtonda bir qator rasmiy va norasmiy ziyofat kechalari o'tkaziladi.

Tramp sharafiga tantanalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:08 0:00

Qasamyod marosimida qatnashish uchun Kapitoliy binosiga Donald Trampning oilasi - farzandlari ham yetib keldi.

Sobiq davlat kotibi, prezidentlik saylovida Donald Trampning raqibi bo'lgan va mag'lubiyatga uchragan Hillari Klinton hamda uning turmush o'rtog'i, sobiq prezident Bill Klinton ham qasamyod marosimida qatnashish uchun yetib keldi.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG