Los-Anjeles 2024-yilgi Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilish niyatida

  • Amerika Ovozi

Los-Anjeles daryosi

Los-Anjeles shahrida Los-Anjeles daryosi bor. Yozda u qurib qoladi. Ko’ngillilar vaziyatni o’zgartirmoqchi.

Daryoga qaragan odam unda suv oqayotganini ko’rishi kerak.

“Tabiat shunisi bilan go’zal: yangilanib turadi hamisha. Suvda baliq bo’lishi kerak. Odamlar bu daryoga ko’z tashlaganida lazzatlanishi lozim”, - deydi Stiven ismli ko'ngilli.

Qishda suv toshqinlari kuzatiladi. Lon-Anjeles daryosi bu paytda axlatga to’ladi. Uni esa odatda ko’ngillilar tozalaydi.

“Daryoda cho’milsak, deymiz. Qayiqlar suzsin. Jamoatchilik undan bahra olsin. Hammamizning niyatimiz shu”, - deydi Loren Skot, mutaxassis.

Paralimpiya o’yinlarida to’qqiz bor qatnashgan Kendis Keybl Los-Anjeles 2024-yilda Olimpiada mezboni bo’lishi kerak degan fikrda. Maxsus qo’mitaga a’zo.

“Tashviqotga zo’r berishimiz kerak. Ko’ngillilarning mehnati beqiyos. Aholini muammolardan va vazifalardan ogoh etishimiz kerak. 2024-yilda shahrimizga dunyo sportchilari kelishini xohlasa, uni tozalashimiz va ko’rkam qilishimiz shart”, - deydi Keybl.

Los-Anjeles buning uchun Parij bilan bellashadi. Yozgi Olimpiya uchun Los-Anjeles eng ma’qul joymi?

“Go’zal maskan bu. Lekin axlatxonaga aylangan joylar ko’p. Ularni tozalash kerak, albatta. Bo’sh vaqtim bo’lsa, chiqaman shunday xizmatga. Ishlaymiz birga”.

Hashar Kaliforniya shtati ahli uchun haftalik mashg’ulot. Gavjum shaharlarda ish talay.

“Los-Anjeles daryosi yana daryoga aylanayotgani ajoyib”, - deydi ko'ngillilardan biri.

Shahar ahlining xohishi va mehnati bu.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG