Breaking News

Sharshara ustidagi antiqa uy


Elderly women wearing protective face masks sit at a nursing home in Hong Kong.
Elderly women wearing protective face masks sit at a nursing home in Hong Kong.

Pensilvaniya shtatida g’aroyib bir imorat bor. “Fallingwater” - “Oqarsuv” deb nomlangan. 1935-yilda qurilgan bu bino o’sha davrning yetuk me’mori Frank Lloyd Rayt ijodi namunasidir.

Oqarsuv deb bejiz atashmagan. Uy sharshara tepasida, tog’ suvlarining yuqori qismida. Sharshara uyning bir qismidek ko’rinadi. Uning jo’shqin ovozi doimo eshitilib turadi. Imoratga qadam qo’yishingiz bilan unga o’rganib ham qolasiz. Polning ostida ko’rinib ham turadi.

Edgar va Lillian Kaufmann Pittsburg shahrida xo’jalik mollari do’konining egasi bo’lgan. Ular shu yerdan yer sotib olib, tog’ bag’rida uy qurishhi xohlashgan. Me’mor Frank Lloyd Rayt ularga mana shu imorat loyihasini chizib bergan.

Bino qad ko’targach, dong’i butun mamlakatga tarqalgan. “Time” jurnali 1938-yilda uni “mo’jiza” deb ta’riflab, me’mor va uning asari haqida maqola chop etgan. Mashhur odamlarning sevimli joyiga aylangan. Olim Albert Eynshteyn, kino yulduzlar - Ingrid Bergman va Marlen Dietrik, hatto o’sha davrdagi prezident Franklin Ruzvelt.

“Uy egalari zamonaviy fikrlaydigan insonlar bo’lgan. Me’mor ularning tasavvurini ifodalay olgan. Inson va tabiatni tubdan bog’lovchi ixtiro bu”, - deydi Linda Vaggoner, obida boshqaruvchisi.

Abstrakt va geometrik shakllarga asoslangan arxitekturada tosh, o’simlik va suv muhim rol o’ynagan. Keng, yorug’, toza havo.

Frank Lloyd Rayt fotografiyaga qiziqmagan. Bugungacha yetib kelgan suratlarda uni ko’rmaysiz. Kaufmann oilasi kechirgan hayotni aks ettirgan fotolar ko’p. Uy egalari tasviriy san’at shaydolari bo’lgan. Lekin uyning asosiy bezagi - tabiatning o’zi. Derazalardan ko’rasiz.

Koshona 1964-yildan beri muzey. Xalq mulki hisoblanadi. Kauffmanlar oilasi uni tabiat muhofazasi bilan mashg'ul jamoatchilik jamg'armasiga hadya qilgan. Tarixiy obidalar bo’yicha mutaxassislar uni hayotda bir ko’rishga arzigulik joy deya izohlaydi. O’tgan yarim asr mobaynida bu uyga to’rt milliondan oshiq sayyoh kelib ketgan.

Bu uy 1964-yildan beri muzey
Bu uy 1964-yildan beri muzey

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG