Breaking News

AQSh 10 yosh faolni mukofotladi


Yetishib kelayotgan yosh liderlardan biri Vyetnamdan Lu Ti Kuyen bo'lib, u ham AQSh mukofotiga munosib topildi. Sovrindorlar tinchlik va taraqqiyot yo'lidagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.
Yetishib kelayotgan yosh liderlardan biri Vyetnamdan Lu Ti Kuyen bo'lib, u ham AQSh mukofotiga munosib topildi. Sovrindorlar tinchlik va taraqqiyot yo'lidagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Har yili AQSh Davlat departamenti dunyoning turli burchaklaridan 10 yosh mutaxassisni tanlab, ularni mehnati va g’ayrati uchun mukofotlaydi (VIDEO). Amerika hukumati nazarida ular yetishib kelayotgan liderlar. Sovrindorlar 18 va 25 yosh orasida. Mojarolarga barham berishda, tinchlik va barqarorlik yo’lida kurashayotgan insonlar.

Ularni hozircha bilmaysiz, lekin kelajakda chehrasi va ism-sharifidan taniy boshlasangiz ajab emas.

“20 yoshlilar kamdan-kam hollarda bu cho’qqilarga yetadi yoki yetishga harakat qiladi. Jasur, iqtidorli, o’ziga ishonchi baland, maqsadiga yetish uchun har qanday qiyinchilikni yengishga tayyor yoshlar bular”, - deydi AQSh rasmiysi Mark Teplan.

Bu yoshlar o’z zamonining yetakchilari deb bekorga atalmayapti. Perulik Moysiz Salazar Vila sovrindor texnolog-kashfiyotchi.

“Jinoyatchilar bilan yuzma-yuz kelganman, ko’p marta. Jinoyatchilikni yengish uchun texnologiya qanday yordam bera oladi, deb izlandim. Maxsus programma yaratdim”, - deydi Vila.

Jazoirlik qiz Amil Muhandiy esa bolalar orasida saraton kasalligiga qarshi kurashib keladi. Teledastur olib boradi.

“Internetda asoslangan ko’rsatuvim bir necha tashkilot bilan hamkorlikda tayyorlanadi. Nozik masalalarni ko’taramiz. Qochqinlar, xotin-qizlar, bolalar, salomatlik va xavfsizlik. Yosh avlodni har jihatdan sog’lom qilib yetishtirishdan muhim vazifa yo’q”, - deydi Muhandiy.

Afg’onistonlik sovrindor Garsanay Ibnulamin esa kelasi 10 yil uchun o’z rejasiga ega.

“14-19 yoshlar orasidagi qizlarga yetakchilik sirlarini o’rgatamiz. Faol bo’lishning erta yoki kechi yo’q. Nimaga qodirligingizni bilishingiz kerak. Iqtidor, bilim, ko’nikma va hunarni ishga solish zarur. Shundagina orzuga yetasiz. Harakat qilish kerak. Jamiyat va siyosatni tushunish kerak”, - deydi Ibnulamin.

10 sovrindor Amerika bo’ylab turli shahar va tashkilotlarda, bizneslar, nohukumat va notijorat tashkilotlarda bo’lib, ularning faoliyati bilan tanishadi. Keyin esa ular vataniga qaytishi zarur. Qanchalik mashaqqatli bo’lmasin, o’zgarishlarni u yerda qilishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG