Breaking News

Kongressda saylanish niyatida yurgan ayollar ko'p


Amerika Manzaralari/Exploring America, Oct 30, 2017
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:29 0:00

Amerika Manzaralari/Exploring America, Oct 30, 2017

AQSh Kongressi a’zolarining 20 foizi ayollar, ya’ni har besh qonunchidan biri. 2018-yilgi saylovda nomzodini qo’yayotganlar orasida xotin-qizlar ko’p, ayrimlari u qadar tajribali ham emas.

Kongressga saylanish ilinjidagi xotin-qizlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:46 0:00

Siyosatchi bo’laman degan odam odamlar orasida bo’lishi kerak.

Jennifer Zordani bu olamga endi qadam qo’ymoqda.

U yashaydigan hududning Kongressdagi vakili ishni eplay olmayotganlikda ayblanadi.

“Qachongacha noliymiz? O’zgarish bo’lishini kutib o’tiraveramizmi? O’zim qilaman uni deb siyosatga kirishga bel bog’ladim” ,- deydi Zordani.

Lekin buning uchun oldin partiya ichida yutishi kerak.

Tadbirkorlar va faol fuqarolarning ko’ngliga yo’l topishi kerak.

Demokratik partiyadan bu hududda hozir olti nafar nomzod bor – hammasi ayol.

Nomzod uchun har bir ovoz bebaho.

Yutsa, Jennifer Zordani Illinoys shtatining bu qismidan birinchi ayol qonunchi bo’ladi.

Amerikaliklarning aksariyati xotin-qizlar. Biroq ular siyosat olamini zabt etgunicha uzoq vaqt o’tgan. Har bir o’rin, har bir ovoz uchun qaqshatqich jang ketgan va bu jarayonning oxiri yo’q.

Kaliforniya shtatida Aja Smit ham Kongressga saylanmoqchi.

Smit - gaitilik muhojir. Respublikachi.

Smit fikricha, ayollar uchun mablag’ jamg’arish qiyinroq. Yil oxirigacha 100 ming dollar to’plamoqchi.

“Ish o’rinlari yaratamiz degan va’daning suvi chiqib ketgan. Qani ish”?

Smit harbiy xizmatdan nafaqaga chiqqan. Raqibi - erkak kishi, demokrat. Tajriba jihatdan bir-biridan farqi katta.

Smit armiya inshootida ishlaydi. Kaliforniyaning bu qismida harbiy sanoat eng yirik ish beruvchi.

“Oddiy fuqaroman. Boshqalardan ustun joyim yo’q. Lekin o’zgarish qilish uchun qimirlash kerak, harakat qilish kerak”, - deydi u.

Smit uchun mahalliy masalalarni hal etish birinchi o’rinda. Respublikachilar haqidagi tasavvurni ham o’zgartirmoqchi.

Ko’plab respublikachilar uni quvvatlamoqda.

“Partiyamiz qiyin ahvolda. Siyosiy muhit og’ir. Yangi avlod, yangicha fikrlaydigan odamlar kerak bizga. Smit ulardan biri”, - deydi tarafdorlardan biri.

Zordani va Smit singari 400 ga yaqin ayol Kongressga saylanish uchun kampaniya boshlagan. Dastlabki sinovlarga bardosh bera olsa, ular oldida katta yo’llar ochilishi aniq.

Kongressga intilayotgan ayollar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:49 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG