Breaking News

Namangan teatr jamoasi Janubiy Qirg’izistonda

Janubiy Qirg’izistonda O’zbekistonning Namangan viloyat teatrining gastrollari boshlandi. Tomoshalar O’sh shahri va qator tumanlarda o’tadi. Joriy yil shuningdek Andijon, Farg’ona hamda Toshkent ijodiy jamoalarining safarlari kutilmoqda.

Mutaxassislarga ko’ra, ikki qo’shni mamlakat aloqalarining iliqlashuvi ayniqsa madaniyat sohasida sezilarli siljishlarga sabab bo’ldi, azaliy rishtalar tiklandi.

O’shdagi Bobur nomli o’zbek akademik drama teatrining zalida bo’sh joy qolmadi hisob. Mahalliy artistlar ham ikkinchi tomoshaga umid bog’lab tashqarida kutmoqda.

O’tgan yil Qirg’iziston ijodkorlari bir necha bor O’zbekistonda bo’lishdi.

Toshkentning Muqimiy nomli teatrining chiqishlari Qirg’izistonda olqishlar bilan kutib olindi. O’zbekiston tarafi O’shdagi Bobur teatrida yordam qo’lini cho’zdi.

To'liq holda ko'ring

Ko'proq...

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG