Breaking News

Qatliom ketidan Tramp yoshlarning ruhiy salomatligiga e'tiborni oshirmoqchi


Nikolas Kruz, 19 yoshli amerikalik, o'z maktabida 17 kishini o'ldirgan

Florida shtatidagi maktabda yuz bergan qatliom ketidan xalqqa hamdardlik bildirgan Prezident Tramp xavfsizlikni mustahkamlash uchun keskin choralar ko'rishni va'da qildi.

"Yoshlarning ruhiy salomatligi bilan jiddiy shug'ullanamiz", - deydi u.

Kechagi qurolli hujumda 19 yoshli amerikalik Nikolas Kruz 17 kishini otgan, 15 kishi jarohatlangan.

Kruz o'zi haydalgan maktabga bir necha qurol bilan bemalol kirib, oldidan chiqqanlarni nishonga olavergan. Yigit yetim bola, deydi politsiya, yolg'izlikda katta bo'lgan.

Kruz hibsga olingan. Bugun sud bilan ko'rishadi. 17 kishini o'ldirganlik aybi bilan yuzlashmoqda. Advokatlar uni ruhan nosog'lom deya iddao qilishi mumkin.

Kruzni bilganlar undan qo'rqqanini, azaldan "muammoli bola" bo'lganini aytgan. Janjalkash yigit internetda ham ommadan nafratini yashirmagan.

"Men professional qotil bo'laman", - deb yozgan Kruz ijtimoiy tarmoqlarda.

Qatliom ketidan qatliom - terror?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:22:42 0:00

Yaqindan beri boshqa maktabga qatnay boshlagan yigit qurollar shaydosi ekanini ochiq aytib tanilgan va qatliomlar qilishga qodir ekani haqida ogohlantirgan.

Amerika bo'ylab bunday voqealardan keyin odatda avj oladigan bahs-munozara: qurol ko'tarib yurish kerakmi yoki undan tamoman voz kechish zarurmi? Har ikki taraf katta sonli tarafdorlarga ega.

Shaxsiy xavfsizlik zaminida nima yotishi borasida qarashlar bir-biridan keskin farq qiladi.

AQSh bosh qomusi fuqaroga qurolga egalik huquqini beradi. Shtatlar bu borada o'z qonunlariga ega. Ayrim shtatlarda oddiy fuqaro qurol sotib ololmaydi.

Florida shtati fuqarosi maxsus ruxsatnoma orqali qurolga egalik qilishi mumkin.

Yanvar oyida Kentuki shtatida 15 yoshli o'quvchi ikki kishini o'tib o'ldirgan edi.

2018-yilning o'zida Amerika maktablarida sakkiz marta otishma ro'y bergan. Hisoblarga ko'ra, 2017-yilda mamlakatda 345 ommaviy otishmada 14 ming odam halok bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG