Breaking News

Bahoriy udumlar: darveshona

Janubiy Qirg’iziston qishloqlarida darveshona tadbirlari o’tmoqda.

Ushbu marosim dehqonchilik bilan bog’liq bo’lib, erta bahor - tabiatning uyg’onish kunlariga to’g’ri keladi.

“Ehsonning o’ziga xos bir turi bo’lmish bu udumning tarihi uzoq o’tmishga borib taqaladi, - deydi mahalliy tarihshunoz va yozuvchi Habibillo Idrisov.

"U islom dinining mintaqaga kirishidan oldin shakllangan. Va “darveshlarga o’hshab”ni anglatadi. Tadbirda butun mahalla ahil jamoa sifatida qatnashadi. Yoshlar o’yin-kulgi bilan hizmatda bo’ladi. To’plangan mablag’ga jonzot so’yiladi yoki kerakli masallig’ sotib olinadi. Mahallaning bir hovlisida damlangan osh hamjihatlikda tanovul qilinadi. Qari-qartanglar, betoblar, kamxarj honadonlar yo’qlanadi. So’ng jamoa Yaratgandan yahshi ob-havo, ekinlar uchun yetarli oqin suv, mo’l hosil so’rab tilovat qiladi”.

Darveshona do’stlik, totuvlik, mehr-oqibat, mehnatga muhabbat hislarini tarannum etadi. Suratlar O’sh viloyatining Aravon tumanida olindi.
To'liq holda ko'ring

Ko'proq...

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG