Breaking News

Rossiya jahon chempionatiga nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy kapital ham tikkan


Xalqaro hayot: Rossiya jahon chempionati orqali obro'sini tiklamoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:11 0:00

Siyosatni sportga aralashtirmang degan iborani shu kunlarda Moskva ko'chalarida ko'p eshitish mumkin. Biroq futbol bo'yicha shu yilgi Jahon chempionatida buning iloji yo'q. Rossiya musobaqani xalqaro sanksiyalar ostida o'tkazmoqda. Moskvadagi muxbirimiz Genri Rijvelning xabar berishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Jahon chempionatini xalqaro izolyatsiyadan chiqish uchun bir imkoniyat deb ko'rarkan, Rossiyaning dunyodagi imijini yaxshilashga urinmoqda.

Payshanba kuni boshlangan Jahon chempionati Rossiya uchun omadli bo'ldi. 5-0 hisobida Saudiya Arabistoni ustidan erishilgan yirik g'alaba mamlakat ko'chalarida katta xursandchilik bilan qutlandi.

“Putin uchun bu musobaqa juda katta ahamiyatga ega - o'zining ikkinchi yuzini, do'stona, ochiq yuzini ko'rsatish uchun. Jahon chempionati Rossiyaning, Putinning imijini yaxshilashga qaratilgan", - deydi Karnegi markazining Moskvadagi idorasi tahlilchisi Andrey Kolesnikov.

Rossiyani 2014-yilda Qrimni o'ziga qo'shib olishda, Ukraina sharqiga qo'shin yuborishda, Malayziya havo yo'llariga qarashli samolyotni Ukraina uzra urib tushirishda, Suriyada Bashar Assadni qo'llab-quvvatlashda, Britaniyada sobiq josus Sergey Skripal va uning qizini zaharlashda ayblayotgan G'arb so'nggi to'rt yildan beri Putinni yakkalash siyosatini olib bormoqda.

“2014-yil boshida Sochida Qishki Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilib imijini yaxshilagan Rossiya musobaqa yakunlanmasidan Qrimni o'ziga qo'shib olib bu obro'ni tez boy berdi. Hozir ham futbol musobaqasidan o'zini qudratli davlat qilib ko'rsatish uchun foydalanmoqda. Jahon chempionatida qatnashayotgan G'arb davlatlari esa Putinga shuni namoyish etishga imkoniyat yaratayotgandek", - deydi Londondagi Genri Jekson jamiyati eksperti Endryu Foksxol.

Musobaqa muvaffaqiyati Kreml uchun o'ta muhim, deydi u.

“Muxlislar uchun geosiyosiyat futboldan, xursandchiliklardan keyingi o'rinda turibdi hozir. Biroq musobaqada qatnashayotgan G'arb davlatlari Rossiya Jahon chempionati yordamida o'zining global sahnadagi qilmishlarini oqlashi mumkinligidan xavotirda", - deydi Genri Rijvel.

Ayrim tahlilchilarga ko'ra, Rossiya izolyatsiyasiga chek qo'yish uchun bu kam.

“Afsuski, yetkazilgan zararni qoplash uchun ko'p ishlarni qilish kerak. Hozirgi siyosiy vaziyatda Rossiya Donbassdagi mojaroni hal etishga ojiz, Qrimni ham Ukrainaga qaytarmaydi. Bunga juda kech hozir. Rossiya G'arb bilan jiddiy muloqotga tayyor emas, bunga siyosiy iroda yetishmaydi”, - deydi Andrey Kolesnikov.

Tahlilchi Endryu Foksxol nazarida, Sochi Olimpiadasi va Jahon Kubogi bilan bir qatorda Putin Suriya va Ukrainadagi harbiy harakatlar tufayli mamlakatdagi yuqori reytingini ushlab turibdi.

“Bu reyting tushib ketmasligi uchun Putin yana nima qilarkan degan savol o'z-o'zidan kelib chiqyapti”, - deydi ekspert.

Bu savolga futbol bo'yicha Jahon chempionati o'tganidan ancha keyin javob topish mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG