Breaking News

Zokir Aliyev Ichki ishlar hibsxonasiga ko'chirilgan


Zokir Aliyev Davlat xavfsizlik xizmatidan Ichki ishlar vazirligi qo'liga o'tgan
Zokir Aliyev Davlat xavfsizlik xizmatidan Ichki ishlar vazirligi qo'liga o'tgan

Zokir Aliyev “Shayxali” qamoqxonasiga, Ishki ishlar boshqarmasining terrorizmga qarshi kurash bo’limi hibsxonasiga o’tkazilgan. Qarindoshlariga mahbus bilan uchrashishga ruxsat berilmagan.

Aliyevning tergov davomida iqrorlik bildirgani haqida ma’lumotlarga munosabat bildirgan uning akasi Nurullo Aliyev ukasi faqat bosim ostidagina iqrorlik ko’rsatmasi berishga majbur qilingan bo’lishi mumkinligini ehtimol qiladi. Yaqin kunlarda Zokir Aliyevning ishi bilan yangi advokat tanishib chiqishi kutilmoqda.

Nurullo Aliyevning “Amerika ovozi”ga aytishicha, ukasi Zokir Aliyev Qarshidagi “Shayxali” nomi bilan tanilgan qamoqxonada. Ichki ishlar boshqarmasini terrorizmga qarshi kurash bo’limida sudgacha hibsda saqlanmoqda.

Qarindoshlariga Zokir Aliyev bilan uchrashishga ruxsat berilmagan, ammo olib borilgan oziq-ovqat mahsuloti, gigiyena vositalari olib qolingan. Qarindoshlarining Zokir Aliyev bilan uchrashish haqidagi iltimosnomasi biror izohlarsiz rad etilgan.

Nurullo Aliyevga ko’ra, ukasiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida biror qaror chiqarilgani yuzasidan ham ma’lumot berilmagan. Avvalroq sud Zokir Aliyevga nisbatan ehtiyot chorasi yuzasidan qaror chiqarishi kutilayotgan edi.

Payshanba kuni Zokir Aliyevning ishi bilan yangi advokat tanisha boshlashi xabar qilinmoqda. Advokat Toshkentdan yollangan. Qarshiga AQSh elchixonasidan ham vakillar borishi kutilmoqda.

Zokir Aliyev (o'ngda) Virjiniya shtatida Jahongir Muhammad va Dadaxon Hasan vatandoshlar bilan (shaxsiy arxiv)
Zokir Aliyev (o'ngda) Virjiniya shtatida Jahongir Muhammad va Dadaxon Hasan vatandoshlar bilan (shaxsiy arxiv)

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ning Zokir Aliyevning hibsga olinishiga doir taqdim etgan ma’lumotini O’zbekistondagi bir necha nashrlar yoritdi.

“O’zbekiston islom harakati”ning AQSh fuqarosi bo’lgan a’zosi Qashqadaryoda ushlangani, u o’z ayblariga iqror bildirgani yuzasidan xabar tarqatgan nashrlar Zokir Aliyevning Afg’onistonda hukumat kuchlariga qarshi janglarda ham ishtirok etgani haqida yozishadi.

Bu iddaolarni keskin rad qilayotgan Nurullo Aliyev ukasi faqat siquv tufayligina iqrorlik ko’rsatmasi berishga majbur qolgan bo’lishi mumkinligini ehtimol qiladi.

“Yo’q, men bu gaplarga ishonmayman, hammasi tuhmat va bo’hton. Mening ukam unaqa emas. Bizning oiladan bunday bolalar chiqmaydi. Buni unga majburlab yozdirishgan, agar rostdan iqrorlik ko’rsatmasi bergan bo’lsa, shu darajaga olib kelishgan, siquvga olishgan, tergov davomida nihoyatda charchaganidan keyin, e nima qilasan, deb aytib yuborgan bo’lishi mumkin. Lekin u bunaqa bola emas. Tergov 40 soat davom etdi, jismoniy tazyiq bo’lmagandir, ammo uzluksiz 40 soat tergov qilishdi”, - deydi Nurullo Aliyev.

2014-yildan boshlab AQSh fuqarosi bo’lgan Zokir Aliyev 25 yillik tanaffusdan so’ng O’zbekistonga uchib kelishi ortidan DXX tomonidan hibs qilindi.

DXX uni “O’zbekiston islomiy harakati”ga a’zolikda, Afg’onistondagi jangovar harakatlarda qatnashganlikda ayblamoqda. 2005-yilda O’zbekistonda unga nisbatan jinoiy ish ham ochilgani ham aytilgan.

Zokir Aliyev O’zbekistonga uzoq yillar ko’rishmagan qarindoshlari bilan uchrashish maqsadida O’zbekiston konsulligi tomonidan berilgan 90 kunlik viza bilan kelgan edi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG