Breaking News

Jamshid Muxtorov AQSh federal sudi tomonidan aybdor deb topildi


Jamshid Muxtorov oilasi bilan (arxiv)

Kolorado shtatida sudlangan o'zbekistonlik muhojir, 41 yoshli Jamshid Muxtorov terrorizmni quvvatlaganlikda aybdor deb topildi. Jazo yaqin kunlarda belgilanishi kutilmoqda.

21-iyun kuni federal sud uni uch modda bo'yicha aybdor deya e'lon qildi. Hukmda qayd etilishicha, Muxtorov Islomiy jihod ittifoqiga sodiqligini bayon etib, qasamyod qabul qilgan. Qizidan otasi jihodchi sifatida jon berishini so'rab duo qilishni so'ragan, deyiladi sud hujjatlarida.

Prokuror sudlanuvchi terrorchilarga kommunikatsiya vositalari uzatgan deya iddao qilgan edi, lekin sud buni isbotlovchi dalil topmagan.

Muxtorov 2012-yilda Chikago xalqaro aeroportida hibsga olingan edi. Federal agentlarga ko'ra, u Turkiyaga va shu yo'l bilan Suriyaga ketayotgan bo'lgan. Oldidan 2865 dollar, ikki ayfon, GPS vositasi va bitta ayped chiqqan. Sud muhokamasiga ko'ra, u jangarilarga qo'shilib, propaganda ustasi bo'lishni maqsad qilgan.

Sudda o'tirar ekan, kulrang kostyum kiyib, yo'l-yo'l galstuk taqqan Muxtorov jarayonga biror munosabat bildirmagan. Rafiqasi ham sudni sukut bilan kuzatgan.

Sud 24-mayda boshlangan edi.

Mobil-salom: O'zbek muhojirlari taqdiri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:52 0:00

Muxtorov sherigi Baxtiyor Jumayevga telefonda "jihodchi bo'laman, shu mening asl orzuim", deya aytgan. "Hammamiz jihod bayrog'ini ko'taramiz. Bir qo'limizda qurol, ikkinchi qo'limizda Qur'on bo'ladi", degan. Bu gaplar Federal Qidiruv Byurosi tomonidan yozib olingan.

50 yoshli Jumayev ham terrorchilarni quvvatlashda ayblanib, sudlangan. Aybdor deb topilib, hukmini kutmoqda.

Muxtorov yillar davomida AQShga qarshi yuridik kurash olib bordi. Unga ko'ra, isbot-dalil sifatida qo'llanayotgan ma'lumotlar qonunga xilof ravishda yig'ilgan va uning huquqlari buzilgan. Orada bir oy ozod ham etildi. Lekin o'tgan yili sud uning da'volarini asossiz deb topib, u yana panjara ortiga tashlandi.

O'zbekiston hukumati bu ish yuzasidan hech qanday bayonot bermagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG